Zoʻr
soʻzining oʻn bitta maʼnosidan beshinchi maʼnosi tashqi qiyofa
ifodalaydi: Zoʻr yigit. Zoʻr odam. Zoʻr inson. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining
izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Zoʻr [a. — kuch,
qudrat; urinish; tazyiq, zulm].5. sft. Katta jismoniy kuchga ega boʻlgan, baquvvat,
zabardast. Zoʻr yigit. Zoʻr ot. -Odamning qoʻlidan kelmaydigan hech bir ish yoʻq,
— dedi.. Saodatxon, — odam hamma narsadan zoʻr. S. Zunnunova, Yangi direktor.
Qoʻrqoq bola zoʻr yigitga doʻq urganda, xayolingga ne keladi, bilasanmi?S. Siyoyev,
Yorug‘lik. Tog‘a haqiqatan xam zoʻr polvon oʻtgan ekan. “Sharq yulduzi” .
Odamiy soʻzi ikkita maʼnoni ifodalaydi, shundan ikkinchi maʼno tashqi
qiyofani anglatadi: Odamiy qiyofa. Odamiy fazilatlar. Mazkur soʻz xaqida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Odamiy [a. -
insoniy, insonlarcha; tirik mavjudot, inson] 2. sft. Odamga, chin insonga xos
xususiyat. Odamiy qiyofa. Odamiy fazilatlar”.
Husndor
soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Husndor yigit. Husndor
juvon. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi
tomida quyidagilar qayd etilgan: “Husndor [a. + f. _- husnli, goʻzal,
chiroyli] ayn. husnli. Husndor yigit. Uydan O‘rmonjonning xotini —
toʻlagina, xiyla husndor juvon chiqib, Sidiqjon bilan koʻrishdi. A. Qahhor,
Qoʻshchinor chiroqlari” .
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 194. “Ikkinchi lugʻat.Z-tom. -B.89.
: Ikkinchi lugʻat. 5-tom.-B.603.
Husnli
soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi;
Husnli ayol.Husnli qiz
. Mazkur soʻz haqida
“O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Husnli
Yaxshi husnga ega. Bosh yalang, yalang oyoq, koʻylagi yirtiq xotinning yuziga iztirob
shunday chang solgan ediki, yigitlar uni Mishaning onasi, kechagi ko‘rkam, husnli ayol
ekanini bazoʻr farq qildilar. Oybek, Quyosh qoraymas.
Basavlat
soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi:
Basavlat odam. Basavlat ayol
. Bu soʻz
toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan:
“Basavlat [ba.. + savlat] Qiyofasi, koʻrinishi havas ; uyg‘otadigan, ulugʻvor, savlatli.
Basavlat odam, sht Onam ohuday basavlat ayol edi. Q. Kenja, Notanish gul. Voy boʻy-
ginangdan-ey.. tushimmi-oʻngimmi,bolaginam? .
Arab tilidan oʻzlashgan
basalobat
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalaydi:
Basalobat
odam. Basalobat chol.
Ayni shu haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi
tomida quyidagilar yozilgan: “Basalobat [ba.. + salobat, kt. ayn. salobatli. Basalobat
odam. Basalobat nuroniy chol”.
Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli gaplarning
tuzilishi quyidagichadir:
1 .Sodda sifatlar: dilbar, zarif , ayyor, baland , shoʻx yoqut, zoʻr ,
2.Sodda yasama sifat Goʻshtdor, dabdabali, jonon, barvasta, avliyonamo, odamiy,
husndor, husnli, basavlat, basalobat.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik.5-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi , Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 208. Ikkinchi lugʻat. 1-tom,-B.208.
Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.729-730. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 160. Ikkinchi lugʻat. 1-
tom.-B.55. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 174-175. Ikkinchi lugʻat. 1 -tom.-B. 262. Ikkinchi
lugʻat. 1-tom.-B. 194. Birinchi lugʻati. 1-tom.-B. 243. Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.634.
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.203. Birinchi lugʻat. 1-tom. -B. 182; Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -
B,563.
Z.Birikmali sifatlar: sohibjamol.
4.Qoʻshma sifatlar uchramadi.
5.Juft sifatlar: xushsurat, xushsuhbat, xushtabassum, xushtabiat, xushtabiatli.
b.Takroriy sifatlar uchramadi.
Bulardan koʻrinib turibdiki, oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi
ijobiy maʼnoli sifatlar ancha faol qoʻllanadi.
3.2. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar
Biz oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlarni
toʻplagan soʻzlar bilan oʻrganib, ularning salbiy maʼno fodalashini baʼzi misollar bilan
quyida berib oʻtamiz.
Gajak
soʻzi oʻzlashgan soʻzlardan biri boʻlib, uning uchta maʼnosidan uchinchi
maʼnosi tashqi qiyofa ifodalovchi sifat:
Dostları ilə paylaş: |