Ximiyaviy mahsulotning sifati va tannarxi.
Yuqori sifatli mahsulotlar ko‘pincha
maxsulotning
tozaligi yoki
konsentratsiya orqali ifodalanadi. Maxsulot tannarxi eng muxim ko‘rsatgichdir.
Korxona xarajatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqariilgan maxsulot
korxona tannarxi deyiladi. Har xil xarajatlar orasidagi bog‘liqlik
tannarx
strukturasini tashkil etadi.
Fabrika–korxona tannarxi quydagi asosiy bosqichlardan iborat.
Xomashyo, yarim tayyor maxsulot va asosiy materiallar.
Yoqilg‘i va energiya. Texnologik maqsadlar uchun.
Asosiy korxona ishchilari uchun maosh.
Amartizatsiya-asosiy bino, qurilmalarni tiklash uchun xarajatlar.
Sex xarajatlari, bularga asosiy texnologik jarayonlarni tekushiy remont qilish
xarajatlari, qo‘shimcha
ishchilar va sex boshliqlari, sexni qo‘riqlash
va texnika
xavfsizligi xarajatlari.
Umumkorxona xarajatlari.
Maxsulotning umumiy tannarxini chiqarish
uchun bir maxsulot ishlab
chiqarish uchun ketgan xarajatlar hisoblanadi. Har xil korxonalarda tannarx bir xil
mahsulot ishlab chiqarish uchun har xil bo‘lishi mumkin. Asosiy xarajatlar ximiya
sanoatida xom ashyoga ketadi. YA’ni maxsulot tannarxining 60-70% ni xom ashyo
tashkil qiladi. Yoqilg‘i va energiya 10% ni. Lekin elektrotermik
va elektroximik
korxonalarda elektroenergiya asosiy xarajat hisoblanadi.
Mexanizatsiyalashgan korxonalar uchun asosiy
ishchilarning ish haqi
o‘rtacha 4% ni tashkil qiladi. Ayrim kimyoviy korxonalarda 20% to‘lanadi.
Amartizatsiya fondi 3-4% ni tashkil qiladi. yuqoridan ko‘rinib turibtiki
mahsulotning tannarxini kamaytirish uchun xomashyoning narxiga ko‘proq e’tibor
berish kerak. YA’ni yangi arzon xomashyoga o‘tish,
mahsulot tannarxining
pasaytirishni eng asosiy yo‘llaridan biri qurilma ishini intensivlashtirish kerak.