Kimyo sanoatining texnika taraqqiyotidagi ahamiyati va axoli ehtiyojini
qondirish.
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligini ko‘plab miqdordagi
turli mahsulotlar bilan
ta’minlaydiki, bularsiz hozirgi jamiyat taraqiy etishi amrimahol bo‘lur edi. Hozirgi
sanoat tarmoqlarining aksariyati (metallurgiya, mashinasozlik va xokozo) kimyo
tufayligina ildam rivojlandi. Chunonchi, yog‘ochni kimyoviy ishlash yo‘li bilan
plasmassa, aktivlashtirilgan ko‘mir, tutunsiz porox, sirka kislota, etil va metil spirti,
atseton, aromatik birikmalar va boshqalar olinadi.
Xalq
xo‘jaligini
kimyolashtirish
texnika
taraqqiyotining
asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Kimyolashtirish deganda kimyoviy usul,
jarayon hamda
materiallarni xalq xo‘jaligiga joriy etish tushuniladi. Bu esa ishlab chiqarishni
maqsadga muvofiqroq rivojlantirish, xom ashedan kompleks foydalanish,
chiqindisiz ishlash imkonini beradi. Masalan mineral o‘g‘it va zaxarli kimyoviy
moddalarsiz qishloq xo‘jaligini jadallashtirish xaqida gap ham bo‘lishi
mumkun
emas. O‘z navbatida, plasmassa, sintetik tolalar, sintetik yuvuvchi vositalar ham
borgan sari turmushimizdan keng o‘rin olmoqdalar.
Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
Kimyo sanoatining rivojlanishi ko‘p
jixatdan kimyoviy texnikani
takomillashtirish bilan belgilanadi. Texnika taraqiyotining bosh maqsadi mexnat
unumdorligini oshirish hamda mahsulot sifatini oshirib, uning tannarxini
pasaytirishdir.
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari;
1) Unumdorlikni oshirish;
2) Apparatlarning ish sur’atini oshirish;
3) Sermexnat jarayonlarni mexanizatsiyalash;
4) Avtomatlashtirish va distansion boshqarish (ASUTP);
5) Davriy jarayonlarni uzliksiz
jarayonlar bilan almashtirish;
6) Reaksiya issiqligidan foydalanish;
7) Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish;
Bular ichida eng muximi birinchi yo‘nalishdir. Apparatlar, mashinalar, sex va
zavodlar ishining asosiy ko‘rsatgichi unumdorlikdir. Unumdorlik vaqt birligida
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki qayta ishlangan xom ashyo miqdoridan yoki
hajmidan iboratdir.
apparatning ish unumdorligini oshirishga uning o‘lchamini kattalashtirish yoki
ishni jadallashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Apparat unumdorligini oshirish metall (konstruksion material)ni
tejashga,
birlik hajmda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirishga olib keladi. Ayni
vaqda, sexlar qurilishi va ularni remont qilishga ketadigan sarfiyet, shuningdek
ishlatish sarfiyetlari kamayadi, ishchilarning mehnat unumdorligi ortadi. Masalan:
sulfat kislota va ammiak ishlab chiqarish asosiy reaktorlarning quvvati so‘nggi 20
yilda 30 xissa ortdi. Bunga apparatlar o‘lchamini oshirmay turib, ularning
G
unumdorligini ko‘tarish hisobiga erishildi. Apparat ish sur’atini ikki yo‘l bilan
oshirish mumkin:
1) Mashina va apparatlarning konstruksiyalarini yaxshilash;
2) Muayan turdagi apparatlarda texnologik jarayonlarni takomillashtirish.
Apparat ishining sur’ati jarayot tezligiga mutanosibdir. Ish sur’ati avvalo
aralashish tezligining oshishiga hamda tutashuv fazalarining yondoshuv
yuzalarining ortishi hisobiga ko‘tariladi. Sur’atni jadallashtirish uchun katalizatorlar
qo‘llash va aralashtirish orqali reaksiyada ishtirok etadigan moddalar harorati,
bosimi, konsentratsiyasi oshiriladi. Mazkur omillarni qo‘llash apparatlar va
reagentlarning chidamliligiga, shuningdek iqsodiy samaradorligiga bog‘liq.
Mexanizatsiyalashtirish-qo‘l kuchini mashina bilan almashti-rishdir.
Mexanizatsiyalashtirish bu mehnat unumdorligini oshiradi. YA’ni ishlab chiqarish
intinsivligini oshiradi va qo‘l kuchini kamaytirish natijasida mahsulotning tannarxi
kamayadi. Ko‘pkina korxonalarda xom ashyoni solish tayyor mahsulotni taxlash,
tushirish va uzatish mexanizatsiyalashtirilgan.
Avtomatlashtirish-qurilmalar bevosita inson ishtirokisiz
boshqarish faqat
inson kuzatuvida olib borish. Avtomatlashtirish maxanizatsiyalashning yuqori
bosqichidir. Avtomatlashtirish mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini keskin
oshiradi. Ayrim hollarda korxonalarning faqat bir qismigina avtomatlashtiriladi. Bu
hollarda uzoqdan turib boshqarish qo‘llaniladi. Uzoqdan turib boshqarishda inson
uzoqdan turib pult bilan boshqarib turadi.
Uzlikli jarayon deb –ma’lum bir qism xom ashyoni apparatga solib, ma’lum
bir vaqtdan keyin hosil bo‘lgan mahsulotni bo‘shatib olishga aytiladi. Apparat xom
ashyoni solish va tayyor mahsulotni bo‘shatish vaqtida to‘xtab turadi. Shuning
uchun ham uzlukli ishlovchi apparatlarni avtomatlashtirish juda qiyin.
Uzliksiz jarayon deb-xom ashyoning apparatga tushishdan tayyor mahsulot
olguncha uzliksiz boradi. Hozirgi vaqtda ko‘pkina
korxonalar uzliksiz ishlash
rejimiga o‘tishgan, qolgan korxonalar ham uzliksiz ishlash rejimiga o‘tkazilmoqda.
Dostları ilə paylaş: