161
O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni
2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki
taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida
o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik
birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Umuman aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz taʼlim
tizimini jahon talablari darajasiga ko‘tarish doimo kun tartibida turdi. Oliy taʼlim
sifatini, universitetlarning jahonning nufuzli universitetlari qatoridan joy olishi
O‘zbekistondagi oliy taʼlim oldiga qo‘yilgan birlamchi talablardan bo‘lib
qolmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilm-tadqiqot,
innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning
samarali mexanizmi yaratilmoqda. Taʼlim tuzilishini modernizatsiyalash, uni
demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, taʼlim dasturini
erkin tanlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda.
Taʼlimni fundamentallashtirish, maʼnaviy masʼul shaxsni shakllantirish, bilishni
emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh
avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi
qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha
innovatsion loyihalar ishlab chiqish, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida sifat
o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: