166
1993-yil 24-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining
XIV sessiyasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi” to‘g‘risida
qonun qabul qilindi. Madhiya qoraqalpoq tilida bo‘lib, gimn so‘zlarining muallifi
Ibroyim Yusupov, bastakori Najimaddin Muhammeddinov hisoblanadi.
1994-yil 24-sentabrda Oliy davlat qonun chiqaruvchi hokimiyati
faoliyatining
huquqiy
asosi
bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengeslari to‘g‘risida” konstitutsiyaviy
qarori qabul qilindi va kuchga kirdi. 1994-yil sentabr oyidan boshlab Jo‘qorg‘i
Kengesi (Oliy Kengash) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deb
nomlandi. Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy davlat
hokimiyatining ijro etuvchi organi bo‘lib, rais, Vazirlar Kengashi, rais
o‘rinbosarlari, vazirlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat qo‘mitalari raislari,
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlaridan iborat hisoblanadi.
Shu davrda tizimda amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida ijro etuvchi
organlarning maqomi, qonunchilikni modernizatsiya qilish va takomillashtirish
yuzasidan qator ishlar qilindi.
1993-1998-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va davlat
qo‘mitalari uchun alohida yangi qoidalar qabul qilindi. Bozor munosabatlariga
o‘tish jarayonida milliy iqtisodiyot tizimida yangi boshqaruv tizimini yaratish,
shuningdek, mavjud vazirlik, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, muassasalar va
boshqa davlat korxonalarini qayta tashkil etish zarurati tug‘ildi.
Masalan, mustaqillik yillarida ko‘plab korxonalar, uyushmalar va konsernlar
optimallashtirildi. Davlat hokimiyatining ijro etuvchi organining amaliy yordami
bilan bunday optimallashtirish natijasida 1991-yilda Davlat reja qo‘mitasi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzildi.
Shu
o‘rinda qayd etish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasida bir qator muhim tushunchalar va tamoyillar mustahkamlab
qo‘yilgan, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni aniqlangan (32,
54, 55, 58-moddalar). Siyosiy partiyalarni moliyalashtirishni huquqiy tartibga
solish imkoniyatini yaratgan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi
qonunning qabul qilinishi partiyalarning ijtimoiy-siyosiy faolligining o‘sishiga
ijobiy turtki bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda jamiyatning turli sohalarida turli jamoat birlashmalari
faoliyat yuritadi, jumladan, 2001-2016-yillarda respublika darajasida faoliyat
yuritgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shuningdek, O‘zbekiston Xotin-
qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar ham samarali faoliyat
yuritdi.
Dostları ilə paylaş: