122
Sensomotor reaksiyasining vaqti to‘rt bo‘limdan iborat bo‘ lib,
ular quyidagicha ataladi: sensor reaksiya oni, markaziy reaksiya
oni, motorli reaksiya oni va harakat sensomotorni muvofiqlashtirish.
Sensor reaksiya oni – signallarning sezish a’zolari orqali qabul
qilinishi bo‘lib, o‘rtacha 0,18 – 0,30 sekund davom etadi.
Markaziy reaksiya onidan signal anglab yetiladi va avtomobilni
boshqarish bo‘yicha yechim tanlanib qabul qilinadi. Bu davr
0,2 – 1,5 sek. va undan ham katta bo‘lishi mumkin. Markaziy
reaksiya onining katta bo‘lishiga haydovchining cho‘chib ketishi,
e’tiborsizligi, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi bilan birga uning malakasi,
tayyorgarlik darajasi, charchog‘i, sog‘lig‘i va organizmda mavjud
bo‘lgan alkogol ham ta’sir etadi.
Xatti-harakatlarni boshlash va bajarish haydovchining motor
reaksiya oni deb ataladi (o‘rtacha 0,1 – 0,2 sek. vaqt sarflanadi).
Haydovchi amalga oshirgan xatti-harakatlari natijasini ang lashi
va baholashi sensomotorning reaksiyasi deb ataladi.
Haydovchiga sensomotor reaksiyasi vaqtida juda ko‘p omillar
ta’sir etadi: yoshi, jinsi, mijozi, sog‘lig‘i, mehnat va dam olishining
qan
day tashkil etilgani, organizmda alkogolning mavjudligi va
hokazo.
Uzluksiz o‘tkaziladigan mashqlar va jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanish, funksional musiqalarni eshitish har bir haydovchining
sensomotor reaksiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Shuning uchun birinchi
galda avtotransport korxonalari har xil stendlar va trenajyorlar bilan
jihozlanishi, shohbekatlarda esa, haydovchilar uchun maxsus dam
olish xonalari rejalashtirilishi kerak.
Haydovchi o‘ziga noma’lum yo‘nalishni, undagi xavfli uchast-
kalar, harakatni boshqarish texnik vositalarining joylashuvi
to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotlar bilan avvaldan tanishib chiqsa,
yana da maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: