XII. HAYDOVCHI MEHNATINING PSIXOFIZIOLOGIK
ASOSLARI
12.1. Haydovchi kasbiy faoliyatining psixologik xususiyatlari
Ma’lumki, «Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda – muhit» tizi-
mi da ikkita biologik element bo‘lib, ulardan biri «haydovchi»dir.
Bu tizimda haydovchi avtomobilni boshqaruvchi «operator»
vazifasini o‘taydi. Bu vazifa boshqa mashinalarni boshqaruvchi
operatorlardan anchagina farq qiladi. Bunday farqlar birinchi galda
uning xatti-harakatlari jadalligining boshqa operatorlarnikidan bir
necha marta kattaligi, avtomobilni boshqarish uchun zarur bo‘lgan
axborotlarning ko‘pligi hamda yechim qabul qilish vaqtining o‘ta
kamligidir.
Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan, u zarur bo‘lgan
axborotlarni qisqa muddat ichida qabul qilib olishi, ularni anglab
yetishi va avtomobilni boshqarish bo‘yicha yechimlar qabul qilib,
ularni amalga oshirishi kerak. Bu yerda yana shuni eslatib o‘tish
joizki, boshqa kasbdagi operatorlar asosan axborotlarni tayyor holda
o‘lchov asboblari yordamida qabul qilib olsa, haydovchi kerakli
axborotlarning asosiy qismini bevosita yo‘lni va undagi obyektlarni
ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari yordamida qabul qilib oladi. Agar
haydovchi qabul qilib olayotgan axborotlar juda ko‘p va tez o‘zgarib
tursa, haydovchi ularni o‘z vaqtida anglab yetolmay qolishi, bu esa,
o‘z navbatida, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Harakat jadalligi yuqori va transport oqimi zich bo‘lgan sharoit-
larda harakatlanayotganda haydovchi 1 soatda bir necha 100 dan
ortiq operatsiyani bajaradi. Shulardan o‘rtacha 20 % xato bajariladi.
Masalan, shahar sharoitida avtobus haydovchisi 1 smena davo-
mi da 400 – 500 marta to‘xtaydi, 2000 martacha ilashmani ishga
tushiradi.
Yana bir misol. Haydovchi 1 sekund davomida yo‘ldagi 10 tacha
predmetlarni ilg‘ay oladi, 1 minut ichida 30 dan 120 tagacha har xil
harakatlarni bajaradi.
117
Biron-bir stanokda ishlayotgan ishchining faoliyatiga atrof-
muhit deyarli hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. U alohida holda o‘z
faoliyatini amalga oshiradi.
Haydovchi avtomobilni o‘zi xohlaganidek boshqarib bora
olmaydi. U uzluksiz ravishda boshqa harakat qatnashchilari bilan
munosabatda bo‘lib, ularning xatti-harakatlariga mos ravishda
avtomobilni boshqarishi kerak.
Bulardan tashqari, haydovchi qabul qiladigan yechimlarga bosh-
qa harakat qatnashchilarining xatti-harakatlarini oldindan bilishi
uchun ob-havo va boshqa omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Odatda, haydovchining kasbiy faoliyatini baholashda ikkita
o‘lchovdan foydalaniladi: samaradorlik va ishonchlilik.
Haydovchilik faoliyatining samaradorligi birinchi galda
haydovchining shaxs sifatida individual sifatlariga, kasbiy
tayyorgarlik darajasiga, jismoniy baquvvatligi va sog‘lig‘iga bog‘liq.
Haydovchiga axborotlar signal yordamida yuboriladi. Signallar
biron-bir jarayonlar natijasida vujudga keladi yoki haydovchi uchun
maxsus mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Ularning birinchisi tabiiy,
ikkinchisi esa, sun’iy signal deb ataladi. Haydovchi signallarni
ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari yordamida qabul qilib oladi.
Signallar bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagi
turlarga bo‘linadi: rangi, kuchi, o‘lchamlari, shakli, joylashuvi,
siljishi, paydo bo‘lishi va davom etish vaqti, paydo bo‘lish ehtimoli
va boshqalar.
Signalning rangi
. Inson ko‘zi orqali juda ko‘p ranglarni bir-
biridan ajrata oladi. Tajriba ortishi bilan u ajrata olishi mumkin
bo‘lgan ranglarning soni ham ortib boradi (rassomlar bir necha
ming rangni ajrata oladi). Insonlar eng oson ajrata oladigan
ranglar – qizil, yashil, havorang, sariq hamda qora va oq ranglardir.
Signal kuchi
. Sezish a’zolariga ta’sir qiluvchi signallarni
haydovchi qabul qila olishi uchun ular ma’lum bir kuchga ega
bo‘lishi kerak. Ta’sir etuvchi signalning eng kichik qiymati sezish
ostonasi deb ataladi. Signalning kuchi kichik bo‘lganida haydovchi
uni o‘z vaqtida qabul qila olmay qolishi mumkin. Shu bilan birga
signal juda kuchli bo‘lsa, u haydovchining psixofiziologik holatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
118
Signalning o‘lchamlari
. Haydovchi axborotlarni ko‘zi orqali qabul
qilishida signalning o‘lchamlari katta rol o‘ynaydi. Bunda signal-
ning «burchak o‘lchamlariga» alohida ahamiyat berish kerak, chunki
bitta o‘lchamli predmet turli masofada haydovchiga har xil kattalikda
ko‘rinadi. Masalan, samolyot osmonda uchib ketayotganda juda
kichkina, yerda turganda unga yaqinlashgan sari kattalashib boradi.
Signalning shakli
. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchi ko‘zi
orqali shakli to‘g‘ri bo‘lgan, ya’ni nuqta, to‘g‘ri chiziq, uchburchak,
kvadrat shaklidagi predmetlarni yaxshi ajrata olar ekan. Shakli to‘g‘ri
bo‘lmagan predmetlarni ajrata olishni osonlashtirish uchun barchaga
ma’lum bo‘lgan predmetlarning soyasini qo‘llash yaxshi natijalar
beradi. Bularga misol qilib yo‘l belgilaridagi odamlar, hayvonlar va
boshqalarning soyasining aks ettirilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Signalning joylashuvi
. Haydovchining tajribasi ortib borishi
bilan u qabul qila oladigan signallarning kuchi yoki rangi
emas, balki joylashuvi ko‘proq rol o‘ynaydi. Masalan, yonilg‘i
miqdorining kamayib qolganini ko‘rsatuvchi qizil chiroqning doim
bir joyda joylashuvi va o‘sha joyda paydo bo‘lishi.
Signalning harakati
. Signalni aniqlash va tushunib olishda
ularning haydovchiga qay tarzda uzatilishi muhim o‘rin tutadi.
Masalan, tovushli signal kuchining vaqt davomida ortib borishi.
Signalning uzatish vaqti
. Haydovchi har bir signalni qabul qilib
olishi va uni anglab yetishi uchun ma’lum bir vaqt (odatda, 0,1 sek.)
zarur bo‘ladi. Agar signalning paydo bo‘lish vaqti bu vaqtdan kichik
bo‘lsa, haydovchi uni anglab ulgurmaydi.
Signalning paydo bo‘lish ehtimoli.
Agar haydovchi ma’lum bir
signalning paydo bo‘lishini oldindan ko‘ra olsa, u shu signalga javob
berish uchun tayyor bo‘lib turadi. Masalan, haydovchi uzoqdan
yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rib turadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bitta signalni qabul qilib
olish, uni anglab yetish va avtomobilni boshqarish bo‘yicha yechim
qabul qilish har xil haydovchida bir-biridan sezilarli darajada farq
qiladi.
Shuning uchun haydovchilik faoliyatining samaradorligi, bi-
rinchi navbatda, haydovchining shaxs sifatida individual psixologik
tasniflariga, kasbiy tayyorgarlik darajasiga, jismonan baquvvatligiga
va sog‘lig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
|