O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86
True

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l 
harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat 
dasturlarini amalga oshiradi;
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy 
dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan 
nazorat olib boradi;
– yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, 
shuningdek, yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy 
yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
– yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, aholiga yo‘llarda 
yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati 
xavfsizligini targ‘ib qilish hamda ekologik xavfsizlik talablariga 
rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
– shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi 
ko‘chalarning, yo‘lkalarning hamda yo‘l harakatini tartibga solish 
vositalarining, shuningdek, shahar elektr transporti yo‘llarining 
jihozlanishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
8-modda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentli-
gining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolat-
lari.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
– avtomobillarda tashish xavfsizligi sohasidagi normativ-
huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
– avtomobil transportida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi 
mumkin. 


109

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin