107
5-modda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
davlat boshqaruvi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi davlat boshqa-
ruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va maxsus
vakolatli davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama si ning
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
davlat dastur-
larini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazo rat olib
boradi;
– yo‘l harakati qoidalarini hamda yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash va yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralar, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash,
shuningdek, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– transport vositalari va yo‘llarning texnik holatiga, yo‘llarda va
temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarida yo‘l
harakati xavfsizligiga doir
yagona talablarni belgilaydi;
– transport vositalarining haydovchilarini (bundan buyon
matnda haydovchilar deb yuritiladi) tayyorlashga, shuningdek,
aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rga tishga
doir umumiy talablarni belgilaydi;
– haydovchilarni,
transport vositalarini, yo‘l harakati qoida la-
rining buzilishini, yo‘l-transport hodisalarini va boshqa ko‘rsat-
kichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi.
108
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qonun hujjat-
lariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: