O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
True

X. YO‘L-TRANSPORT HODISALARI
10.1. YTH va uning turlari
Yo‘l harakati jarayonining optimal kechishi va harakat xavf-
sizligining qanday ta’minlanganligini baholashda YTH tushun-
chasidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi 
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan yo‘l-transport hodisasi (YTH) deb 
transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, 
insonlarning halokatga uchrashi yoki ularning sog‘lig‘iga zarar 
yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikast 
lanishiga 
yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan 
hodisaga aytiladi.
Ushbu ta’rifga asosan YTH deb atash uchun uchta shart 
bajarilishi kerak ekan:
– transport vositasining bo‘lishi;
– harakatda bo‘lishi;
– hodisa salbiy oqibat bilan tugashi.
Amaliyotda ikkita hodisa borki, ularda bu shart bajariladi, 
ammo ular YTH turkumiga kiritilmaydi:
1. Agar hodisa mexanik transport vositasining harakati davo-
mida yonib ketishi oqibatida sodir bo‘lsa-yu, lekin yong‘in uning 
texnik nosozligi natijasida kelib chiqmagan bo‘lsa.
2. Agar hodisa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar o‘zlarining aso-
siy vazifalarini (funksiyasini) bajarayotgan paytda sodir bo‘lsa.
YTH hisobga olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi:
– hisobotga kiritiluvchi;
– hisobotga kiritilmaydigan.
Quyidagi YTHlar hisobotga kiritilmaydi:
1. Agar hodisa haydovchining birovga qasddan zarar yetkazish 
maqsadi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
2. Agar hodisa jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishi oqibatida 
sodir bo‘lgan bo‘lsa.


95
3. Agar YTH faqat moddiy zarar yoki odamlarning yarador 
bo‘lishi bilan tugagan bo‘lsa.
4. Agar hodisa atrofi o‘ralgan korxonalarning ichida (korxona 
mintaqasida) sodir bo‘lgan bo‘lsa.
5. Agar hodisa sport musobaqalari paytida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
6. Agar hodisa tabiiy ofatlar (yer qimirlashi, suv toshishi) 
natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
Agar hodisa og‘ir oqibatlar bilan tugagan bo‘lsa, bunday 
hodisalar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Bunday YTH yo‘l-
transport jinoyati deb ataladi. Demak, yo‘l-transport jinoyatlari 
YTHning tarkibiy qismiga kiradi.
YTH o‘zining og‘irlik darajasiga, sodir bo‘lish mexanizmiga 
yoki joyiga (mesto proisshestviya) va boshqa belgilariga qarab uch 
turga bo‘linadi:
– o‘lim bilan tugagan YTH;
– odamlarning tan jarohati olishi bilan tugagan YTH;
– faqat moddiy zarar bilan tugagan YTH.
YTH sodir bo‘lish mexanizmiga qarab to‘qqizta turga ajratiladi:
1. To‘qnashuv. Bunga transport vositalarining qarama-qarshi 
tomo nidan, bir yo‘nalishda yoki yon tomondan harakatlanayotgan 
vaqt 
dagi to‘qnashuvi, shuningdek, temir yo‘l transporti bilan 
avtomobil transportining to‘qnashuvi kiradi. Bu turdagi YTHga 
to‘satdan to‘xtagan transport vositasi bilan to‘qnashish ham kiradi.
2. Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish. Harakatlanayotgan transport 
vositasi o‘z turg‘unligini yo‘qotib ag‘darilishi. Bu turdagi yo‘l-
transport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport vositalariga 
yoki to‘siqqa urilishi natijasida transport vositalarining ag‘darilishi 
kirmaydi. Ag‘darilib ketishda YTHda asosan bitta transport vositasi 
ishtirok etadi.
3. Turgan transport vositasini urib ketish. Harakatlanayotgan 
transport vositasining harakatlanmayotgan (V 

0) transport 
vositasiga urilishi. Bu turdagi YTHga birdaniga (to‘satdan) 
to‘xtagan transport vositasining urilishi kirmaydi.
4. To‘siqlarga urilish. Transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan 
to‘siqlarga (ko‘prik tayanchiga, stolba va machta tayanchiga, yo‘l 
to‘siqlariga, daraxtlarga va hokazo) urilishi.
5. Piyodalarni bosib (urib) ketish. Transport vositalari piyoda-
larni urishi yoki piyodalarni transport vositalariga urilishi, shuning-


96
dek, tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va hokazo) 
piyodalarning shikastlanishi ham kiradi.
6. Velosipedchini bosib (urib) ketish. Transport vositasi 
velosipedchini bosishi (urishi) yoki velosipedchi transport vositasini 
urishi.
7. Aravani bosib (urib) ketish. Harakatlanayotgan transport 
vositasi harakatlanayotgan aravani urib ketishi.
8. Hayvonlarni urib (bosib) ketish. Transport vositasi yovvoyi 
yoki uy hayvonini urib ketishi.
9. Boshqa (qolgan) YTH. Bu turdagi YTHga tramvayning 
relsdan chiqib, transport vositasini yoki piyodalarni urishi, yuk 
avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan falokatlar, 
passajirning yiqilib tushishi va hokazolar kiradi.
Amalda eng ko‘p tarqalgan YTHga quyidagilar kiradi:
– transport vositalarining (TV) to‘qnashuvi 
– 21,6 %;
– transport vositalarining ag‘anab ketishi
– 14,3 %;
– to‘siqlarga urilish 
– 4,6 %;
– piyodalarni bosib ketish 
– 46,7 %.
YTH sonining ularning turlari bo‘yicha taqsimlanishi shuni ko‘r-
satadiki, eng ko‘p YTH bu – piyodalarni bosib ketish hodisalari ekan.
YTHni sodir bo‘lgan joyiga qarab ham bir necha turlarga 
ajratish mumkin: shaharlarda, aholi yashaydigan punktlarda, 
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida, chorraha-
larda va hokazo.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilarining, harakatni tashkil 
qiluvchilarning, harakat xavfsizligi bo‘yicha xizmatchilarning 
(shu jumladan, haydovchilarning) asosiy vazifasi YTHni bartaraf 
etishga qaratilgan tadbirlarni (shu jumladan, avtomo bilni xavfsiz 
boshqarish usullarini) ishlab chiqish va amalga tatbiq qilishdan 
iboratdir. Buning uchun, avvalo, har bir YTHning kelib chiqish 
sabablarini aniqlash kerak bo‘ladi.
Har bir hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash juda 
murakkab masaladir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har 100 ta YTH 
250 tadan ortiq har xil omillarning ta’siri natijasida sodir bo‘lar ekan.
YTHning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ularni 
hisobga olib borish kerak. Buning uchun hozirgi kunda «YTHni 
hisobga olish yo‘riqnomasi» va ularni to‘plashning avtomobillash-
tirilgan tizimi ishlab chiqilgan. «YTHni hisobga olish yo‘riqno-


97
masi»ga ko‘ra, YTH haqidagi ma’lumotlar hisobini Davlat tomoni-
dan «Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari» va shuningdek, hisobida 
mexanik transport vositalari bo‘lgan korxonalar va YTH sodir 
bo‘lgan yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l xo‘jaliklari olib boradilar. 
Bu tashkilotlarda to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, ularni 
bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin