92
harakatni davom ettiradi. Bu vaqt oralig‘ida yonilg‘i sarfi kamayadi,
agar dvigatel o‘chirib qo‘yilsa, tejamkorlik yanada ortadi. Bu usuldan
foydalanayotganda
shuni unutmaslik kerakki, karburatorli dvigatellar
salt holatda ishlaganida eng ko‘p zaharli gazlar chiqaradi, dizelli
dvigatellar esa teskarisi, ya’ni kam zaharli gaz va qurum chiqaradi.
Tezlanish
–
salt holatida harakatlanish asosan yo‘nalishlarda
harakatlanayotgan avtobuslarda keng qo‘llaniladi. Bu usuldan
bo‘ylama yo‘nalishda tik balandlik va nishabliklar bor joylarda
foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bunday yo‘l sharoitida
haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashni unutmasligi kerak.
Avtomobilni juda tez joyidan qo‘zg‘atadigan va tez tormozlab
to‘xtatuvchi haydovchi yonilg‘ini ko‘p sarflaydi.
Tog‘li joylarda harakatlanganda ham yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi.
Buning asosiy sababi balandlik ortgan sari havo bosimi kamayadi.
Masalan, 3 – 4 ming
km
balandlikda dvigatelning quvvati 25 – 30 %
ga kamayadi. Bunday sharoitda tajribali haydovchilar qiyalikka
avtomobil yetib borguncha
tezlikni kattalashtirib, uning kinetik
quvvatini oshiradi, pastga tushayotganda esa yaqin masofada keskin
burilishlar bo‘lmasa, avtomobil o‘z og‘irlik kuchi va yig‘ilgan
kinetik quvvati hisobiga harakatlanib boradi.
Agar avtomobilni to‘xtatish joyi avvaldan ma’lum bo‘lsa, haydov-
chi avtomobilning inersiyasi hisobiga harakatlanib borishi va iloji
boricha tormoz tizimidan foydalanmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shahar sharoitida chorrahalarda harakatlanish svetofor
yordamida boshqarilayotgan va ko‘chada «yashil chiroq» uslubi
qo‘llanilgan bo‘lsa, haydovchi shunday
tezlikni tanlashi kerakki, u
ko‘chani boshidan-oxirigacha to‘xtamasdan harakatlansin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan va
foydalanilayotgan avtomobillarning asosiy qismida avtomatik uzat-
malar qutisi o‘rnatilmagan. Avtomatik uzatmalar qutisi avtomobilni
boshqarishni osonlashtiradi, ammo shu bilan bir paytda,
oddiy uzat-
malar qutisi bor avtomobillarga nisbatan yonilg‘i sarfini 10 – 15 %
ga oshishiga olib keladi. Haydovchi oddiy (shesternyali) uzatmalar
qutisidan to‘g‘ri foydalanganda yonilg‘i sarfini birmuncha kamay
-
tirish mumkin. Har bir uzatmada harakatlanish tezligining chega-
rasi har xil bo‘lgani uchun yonilg‘ining tejalishi haydovchi ning
mahorati va malakasiga bog‘liq bo‘lib, yonilg‘i sarfi 25 % gacha
bir-biridan farq qilishi mumkin. Haydovchilar uzatmalar qutisidagi
93
pog‘onalardan foydalanganlarida har
bir uzatmadagi maksimal te-
zlik iloji boricha minimal bo‘lishiga va to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatmada
ko‘proq vaqt harakatlanishiga erishishlari kerak. Bu usulda avtomo-
bilga ortiqcha yuklanish tushmas lik asosiy omil bo‘lib qolishi ker-
ak, aks holda, yonilg‘i sarfini kamaytirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, avtomobilni noto‘g‘ri boshqarish
texnikasi yonilg‘i sarfini qanchaga oshirish
mumkinligini eslatib
o‘tish mumkin:
1. Dvigatelni noto‘g‘ri yurgizib o‘t oldirish, belgilangan temperatu-
ragacha qizdirmaslik va avtomobilni joyidan qo‘zg‘a tish – 15 – 20 %.
2. Harakatlanish davomida uzatmalar qutisidan noto‘g‘ri foyda-
lanish – 15 – 25 %.
3. Avtomobilning kinetik energiyasidan to‘liq foydalanmas-
lik – 20 – 30 %.
4. Harakat tezligini noto‘g‘ri tanlash – 40 %.
5. Avtomobilga ortiqcha yuklanish tushirish – 15 – 25 %.
6. Qoplamasi qoniqarsiz yo‘llarda harakatlanish – 15 – 20 %.
7. Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘llarda harakatlanish –
5 – 20 %.
Yonilg‘ini tejamli boshqarish bo‘yicha so‘nggi tavsiyalar:
– agar dvigatel sovuq bo‘lsa, yonilg‘i uzatish tepkisini 2 – 3
marta bosib qo‘yish;
– havo to‘siqchasi tugmasini (zaslonka) oxirigacha tortib ushlab
turish;
– ilashmani uzib turib, o‘t oldirish kalitini burash;
– havo to‘sqich tugmasini dvigatelning qizishiga qarab soz lash;
– agar dvigatel issiq bo‘lsa, kalitni burab o‘t oldirish;
– salt holatda dvigatelni bir daqiqadan ko‘p ishlatmaslik;
– harakatni boshlashdan oldin dvigatelni issiqlik indikatorining
strelkasi belgilangan chiziqqa kelgunicha qizdirish;
– avtomobilni joyidan shiddat bilan tezlatmaslik;
– to‘xtayotganda
shiddat bilan tormoz bermay, avtomobilning
kinetik energiyasidan to‘laroq foydalanish;
– imkon boricha bir tekis tezlikda harakat qilish;
– havo tozalagichni toza tutish;
– avtomobilga zarur bo‘lmagan yuklarni ortmaslik;
– g‘ildiraklardagi havo bosimini nazorat qilib turish;
– havo konditsionerini faqat zarur vaqtlardagina ishlatish.