O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86
True

Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish
Haydovchi uchun eng murakkab bo‘lgan yo‘l sharoitlaridan 
biri, bu tog‘li yo‘llardir. Tog‘li yo‘llar va dovonlar boshqa yo‘llarga 
qaraganda o‘ziga xos belgi (xususiyat)lari bilan keskin farq qiladi.
Tog‘li yo‘llar boshqa yo‘llarga qaraganda tepalikka ko‘tarilish 
va tushishlar, keskin burilishlar, ko‘rinish masofasining juda 
cheklanganligi, yo‘lning bir tomonini jarlik tashkil etishi, tosh va 
qorlar ko‘chishi ehtimolining yuqoriligi, yog‘ingarchiliklar oqibatida 
yo‘l qoplamasining sirpanchiq tuproq bilan qoplanib qolishi 
mumkinligi kabi belgilari bilan ajralib turadi. Tuman tushishi 
ehtimoli ham tog‘li yo‘llarda yuqori bo‘ladi.
Yo‘l okean sathidan ko‘tarilgani sari havo bosimining 
kamayishi oqibatida dvigatelning quvvati kamayadi, agar dvigatel 
karterida moy yetarli darajada bo‘lmasa, ishqalanishning ortib 
ketishi oqibatida uning qismlari qisilib, aylanmay qolishi, tormoz 
tizimining doimo ishlashi natijasida uning samaradorligi keskin 
kamayib ketishi mumkin.
Bunday sharoitda haydovchidan, birinchi navbatda, yo‘l harakati 
qoidalariga to‘liq amal qilish va avtomobilni boshqarishda yuqori 
mahorat talab etiladi.
U yo‘l vaziyatini to‘g‘ri baholay olishi, keskin burilishlarda, 
ko‘tarilish va tushishlarda tezlikni to‘g‘ri tanlay olishi hamda 
kerakli uzatmada harakatlanishni bilishi kerak.
Agar yo‘l balandlikka ko‘tariladigan qiyalik bo‘lsa, haydovchi 
pastroq uzatmada avtomobilni tezlashtirib borib, bu balandlikdan 
o‘tib olishi kerak. Agar bu uzatmada dvigatelning quvvati yetmay 
qolsa, past pog‘onaga zudlik bilan o‘tib olish kerak. Yuqoriga 
chiqayotganda to‘xtash tavsiya etilmaydi. Balandlik tugayotgan 
joyda haydovchidan e’tiborni yanada kuchaytirish talab etiladi, 
chunki balandlikdan keyin tik nishablik boshlanishi mumkin.
Past qiyalikka tushayotgan g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish 
koeffitsiyenti kamayadi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil 
turg‘unligining kamayishiga olib keladi. Tormoz berayotganda 
ilashmani ajratmaslik kerak. Kichik uzatmada pastga harakatlanish 
va yonilg‘i uzatishni kamaytirish tez-tez tormoz berishga bo‘lgan 
ehtiyojni kamaytiradi, bu esa, o‘z navbatida, tormoz barabanini o‘ta 
darajada qizib ketishdan saqlaydi.


86
Dovonlarda va boshqa yo‘llarda ham haydovchining ishini 
og‘irlashtiradigan sharoitlardan biri 
– 
bu burilishlardir. Avtomobil 
kichik radius egriliklarida harakatlanayotganida markazdan qoch-
ma kuch hosil bo‘ladi va u avtomobilning yonga sirpanib yoki 
ag‘anab ketishiga ham olib kelishi mumkin. Agar yo‘l sirpanchiq 
bo‘lsa, sirpanib ketish ehtimoli yanada ortadi. Burilishlarga yaqinla-
shayotganda haydovchi harakat tezligini sirpanib ketish sharti 
bo‘yicha bo‘lgan chegara tezligidan pasaytirib harakatlanishi kerak. 
Rulning burilish burchagini asta-sekin ko‘paytirib borib, burilishning 
yarmiga kelganda yana tezlikni oshira boshlashi mumkin.
Rulni burayotganda haydovchi rul chambaragini qo‘yib 
yubormasligi va uni doim bitta qo‘li bilan ushlab turib, ikkinchisini 
sirpantirgan holda kerakli holatga o‘tkazib, so‘ng mahkam 
ushlagach, burishni davom ettiradi (52-rasm).
1-holat 
2-holat 
3-holat
52-rasm. 
Rulni burish ketma-ketligi.
O‘zaro ajralish joylarida haydovchi jarlik tarafda va ko‘tarilishda 
harakatlanayotgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalariga asosan, tiklik va nishabliklarda 
haydovchiga ilashmani ajratgan yoki uzatmalar qutisini betaraf 
(neytral) holatida harakatlanish taqiqlanadi.
Qiyaliklarda to‘xtab turganda, avtomobil o‘z-o‘zidan yurib 
ketmasligi uchun g‘ildiraklar ostiga bironta narsa (tosh, maxsus 
moslamalar) qo‘yishi, agar texnik nosozlik vujudga kelsa, 
avtomobilni maxsus ajratilgan joylarga o‘tib to‘xtatishi kerak.
Bulardan tashqari, tog‘li yo‘llarda harakatlanganda haydovchi 
quyidagilarga amal qilishi kerak:
– avtomobil to‘xtaganida joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi uchun 
moslamalarni o‘rnatish;


87
– 
avtomobilning texnik holatini va to‘liq jihozlanganligini 
tekshirish;
– uzoq cho‘zilgan tushishlarda kichik uzatmada harakatlanish;
– nishablik kichik bo‘lgan yo‘llarda uzatmalar qutisi neytral 
holatda bo‘lsa, dvigatelni o‘chirmasdan harakatlanish;
– 
tajribasi yetarli bo‘lmaganda tog‘li yo‘llarda avtomobilni 
tajribasi yuqori bo‘lgan haydovchiga topshirish (ayniqsa, odam 
tashilayotganda) va hokazo.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin