O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
True

Tuproqli yo‘llarda harakatlanish
Yo‘l qoplamasi yotqizilmagan yo‘llar – tuproq yo‘llar deb ataladi. 
Bugungi kunda tuproq qoplamali yo‘llar o‘rnini asfalt yotqizilgan 
yo‘llar egallayotganiga qaramay, ular hali ham kichik qishloq va 
dala yo‘llarda mavjud. Bunday yo‘llarda yo‘lning quruq holatida 
harakatlanish katta xavf tug‘dirmaydi. Lekin yog‘ingarchilik 
serob bo‘lgan yil fasllarida bunday yo‘llarda chuqur g‘ildiraklar 
izining vujudga kelishi, tuproqning to‘planib qolishi (bugor) va yo‘l 
sirpanchiqligining ortib ketishi har xil salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Shuning uchun bunday sharoitlarda haydovchi ma’lum bir 
qoidalarga amal qilishi kerak.
Bunday yo‘llarda iloji boricha yo‘l qoplamasining balandroq 
bo‘lgan joyidan, agar avtomobillarning qatnovi natijasida chuqur 
iz qolgan bo‘lsa, shu izlardan yurish kerak bo‘ladi. Agar iz yo‘ldan 
chuqurda joylashgan bo‘lsa, uni kichik burchak ostidan, yuqorida 
bo‘lsa, to‘g‘ri burchak ostidan o‘tish tavsiya etiladi. G‘ildiraklar 
chuqur iz qoldirgan joylarda avtomobil old qismining va orqa 
ko‘prigining yerga tegib qolmasligini, yo‘lda ko‘priklar paydo 
bo‘lsa, ularni avtomobil ko‘tara olishini tekshirib ko‘rish xavfsizlik 
va boshqa salbiy oqibatlarning oldi olinishini ta’minlaydi.
Kuz faslida dala va o‘rmonlardan o‘tgan yo‘llarda barglarning 
to‘kilishi oqibatida ham yo‘lning sirpanchiqligi ortib ketishiga 
olib keladi. Haydovchi bunday yo‘llarda avtomobilni sirpanchiq 
yo‘llardagi kabi boshqarib, xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
Qum barxanlari yumshoq qatlamli bo‘lgani sababli harakat 
uchun qarshilik katta bo‘ladi. Shuning uchun bunday yo‘llarda 
tortish kuchini oshirish maqsadida past uzatmalarda harakatlanish 
kerak. Tezlik o‘zgarmas bo‘lishi va to‘xtamasdan harakatlanish 
tavsiya etiladi. Qumli barxanlarda harakatlanayotganda boshqa 
avtomobillarni quvib yoki aylanib o‘tishga ruxsat berilmaydi. 
Qumli barxanlardan o‘tishda avtomobil qolib ketmasligini 
ta’minlash uchun kurak, domkrat, zanjir, bolta va taxtalar ilingan 
bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.


85

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin