88
Kechuv joyi muzlagan davrlarda undan o‘tish uchun muzning
qalinligi va mustahkamligi tekshiriladi. Buning uchun har 15 – 25
m
masofada muz teshilib, uning qalinligi aniqlanadi. 15
sm
qalinlikdagi muz 2
t
og‘irlikdagi avtomobilni, muzning har 5
sm
ga
qalinlashishi esa qo‘shimcha 1
t
ni ko‘tara oladi.
Muzning xavfsiz qalinligini avtomobilning og‘irligiga qarab
quyidagicha aniqlash ham mumkin:
h =
1t
G
, sm,
bu yerda:
h
– muzning qalinligi;
G
– avtomobilning to‘liq massasi,
t
.
Muzdan o‘tishda avtomobilning eshiklari doim ochiq bo‘lishi va
haydovchidan boshqa odam kabinada bo‘lmasligi kerak.
Harakat bir tekis bo‘lishi, rul keskin burilishlarsiz va tormoz
bermay, to‘xtamay davom ettirilishi kerak.
Muz darz ketsa yoki egilsa, haydovchi cho‘chib ketmasdan
tezlik ni asta oshirib, xavfli joydan o‘tib olishi kerak. Muzdan
avtomo billar kolonna bo‘lib o‘tishiga to‘g‘ri kelsa, ular orasidagi
masofa 30 – 40
m
dan kam bo‘lmasligi kerak. Muzda to‘xtab turgan
avtomo bilni aylanib o‘tish taqiqlanadi. Orqaga muzdan o‘tishda
o‘tish yo‘laklari orasidagi masofa 70 – 100
m
dan kam bo‘lmasligi
kerak.
Dostları ilə paylaş: