106
Agar qayta yoki qo‘shimcha ekspertiza tayinlanayotgan bo‘lsa, u
holda oldingi ekspertlarning xulosalari ham keltiriladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayoni eng
asosiy boshlang‘ich ma’lumotlardan biri sanaladi va joyni ko‘zdan
kechirish paytida aniqlangan barcha elementlarning tavsiflarini o‘z
ichiga oladi.
YTHning sxemasi hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoitni
tasvirlovchi chizma bo‘lib, YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bayoniga ilova tariqasida keltiriladi.
YTH haqidagi ma’lumotnomada hodisa sodir bo‘lgan vaqt va
sanasi, jabrlanuvchilarning turarjoyi, yuborilgan shifoxonaning
manzilgohi, transport vositasi, haydovchilar va guvohlar haqidagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Transport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va
tekshirish bayonida aniqlangan nosozliklar, pachoqlangan joylar va
ularning kattaliklari ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni olgandan keyin ekspert ular bilan
to‘liq va har tomonlama tanishib chiqadi va ekspertizani boshlashi
mumkin.
Ekspertizani quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi:
– tadqiqot qilinayotgan YTHning informatsion modelini qurish;
– hisoblash ishlarini bajarish, grafik va chizmalarni tuzish;
– o‘tkazilgan tadqiqotlarga baho berish, YTHning boshlang‘ich
modelini aniqlash;
– xulosalarni bir tizimga keltirish;
– ekspertiza xulosasini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Ekspert hisoblash ishlarini «Avtomobillar nazariyasi», «Nazariy
mexanika», «Materiallar qarshiligi» va boshqa fanlardan olgan
bilimlari asosida bajaradi.
Dostları ilə paylaş: