105
Ekspertning huquqlari:
–
harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab
chiqishda qatnashish;
– jinoiy ishning YTH bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limlari bilan
tanishish;
– ekspertiza uchun yetishmayotgan ma’lumotlarni ekspertizani
tayinlagan muassasa yoki yuridik shaxslardan talab qilish;
– tergovchining ruxsati bilan so‘roq jarayonida qatnashish va
YTHga taalluqli bo‘lgan savollarni berish;
– tarjimon xizmatidan foydalanish.
Sud avtotexnik ekspertizasini o‘tkazish
uchun ekspert ixtiyorida
to‘liq va yetarli ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
1. Ekspertizani tayinlash haqidagi qaror.
2. YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayoni.
3. YTHning sxemasi.
4. Transport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va
tekshirish bayoni.
5. YTH haqidagi ma’lumotlar.
6. Tergov tajribalarining o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonno ma
(agar tergov tajribalari o‘tkazilgan bo‘lsa).
Bu ma’lumotlarga qo‘shimcha tarzda ob-havo ma’lumotlari, yo‘l
sharoiti haqidagi va boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Xizmatga oid ekspertiza o‘tkazilayotganida ekspertga bu
ma’lu mot lar berilmaydi. Ma’lumotlarni
xizmatga oid ekspertizani
o‘tkazuvchi shaxslarning o‘zlari YTH sodir bo‘lgan joyga chiqib
to‘playdi.
Ekspertizani tayinlash haqidagi qaror uch qismdan iborat
bo‘ladi: kirish, tasvirlash va xulosa.
Qarorning kirish qismida ekspertizaning turi,
uni tayyorlash
joyi va sanasi, qarorni tayinlagan shaxsning ismi sharifi va lavozimi
yoki muassasaning nomi ko‘rsatiladi.
Qarorning tasvirlash (hodisani bayon qilish) qismida YTHning
asosiy mazmuni va ekspertiza bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlar
bayon etiladi.
Qarorning xulosa qismida ekspertizaning turi, uni o‘tkazish
kimga topshirilganligi, ekspertning yechishi lozim bo‘lgan masalalar,
ekspertiza uchun yuborilgan predmetlar va materiallar sanab o‘tiladi.
106
Agar qayta yoki qo‘shimcha ekspertiza tayinlanayotgan bo‘lsa, u
holda oldingi ekspertlarning xulosalari ham keltiriladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bayoni eng
asosiy boshlang‘ich ma’lumotlardan biri sanaladi va joyni ko‘zdan
kechirish paytida aniqlangan barcha elementlarning tavsiflarini o‘z
ichiga oladi.
YTHning sxemasi hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoitni
tasvirlovchi chizma bo‘lib, YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bayoniga ilova tariqasida keltiriladi.
YTH haqidagi ma’lumotnomada hodisa sodir bo‘lgan vaqt va
sanasi, jabrlanuvchilarning turarjoyi, yuborilgan shifoxonaning
manzilgohi,
transport vositasi, haydovchilar va guvohlar haqidagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Transport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va
tekshirish bayonida aniqlangan nosozliklar, pachoqlangan joylar va
ularning kattaliklari ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni olgandan
keyin ekspert ular bilan
to‘liq va har tomonlama tanishib chiqadi va ekspertizani boshlashi
mumkin.
Ekspertizani quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi:
– tadqiqot qilinayotgan YTHning informatsion modelini qurish;
– hisoblash ishlarini bajarish, grafik va chizmalarni tuzish;
– o‘tkazilgan tadqiqotlarga baho berish, YTHning boshlang‘ich
modelini aniqlash;
– xulosalarni bir tizimga keltirish;
– ekspertiza xulosasini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Ekspert hisoblash ishlarini «Avtomobillar nazariyasi», «Nazariy
mexanika», «Materiallar qarshiligi» va boshqa fanlardan olgan
bilimlari asosida bajaradi.
Dostları ilə paylaş: