O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
True

km/s
tezlikda 
yonilg‘i sarfi har 100 
km
. ga 8,6 
l
, 140 
km/s
. tezlikda esa, 
12 
l
ni tashkil etgan, ya’ni tezlikning 20 
km/s
ga ortishi yonilg‘i 
sarfining deyarli 5 % ga ortishini ko‘rsatgan.
Xuddi shunday tadqiqotlar «Fiat 
– 
125P» avtomobilida 
o‘tkazilga nida quyidagi natijalar olingan:
Tezlik, 
km/s
50
70
90
120
Yonilg‘i sarfi, 
l
/100 
km
6,1
6,8
7,8
11 
l
.dan ko‘p
Bu tadqiqotlar Fiat – 125P avtomobili uchun eng optimal tezlik 
90 
km/s
, Fiat – 126P avtomobili uchun esa 70 – 80 
km/s
bo‘ladi degan 
xulosaga olib kelgan.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, kichik tezlikda harakat-
lanish ham yonilg‘ini tejashga olib kelmaydi, chunki avtomobil sekin 
harakatlanishga majbur bo‘ladi, natijada tirsakli val tezroq aylanadi.
Avtomobilni boshqarishda tezlanish – salt holatda sekinlashishi 
ham yaxshi natijalar berishi mumkin. Buning uchun haydovchi ruxsat 
etilgan tezlikkacha avtomobilni tezlashtiradi (bu vaqt oralig‘ida 
yonilg‘i sarfi ortadi), so‘ng uzatmalar qutisini betaraf holatga keltirib, 


92
harakatni davom ettiradi. Bu vaqt oralig‘ida yonilg‘i sarfi kamayadi, 
agar dvigatel o‘chirib qo‘yilsa, tejamkorlik yanada ortadi. Bu usuldan 
foydalanayotganda shuni unutmaslik kerakki, karburatorli dvigatellar 
salt holatda ishlaganida eng ko‘p zaharli gazlar chiqaradi, dizelli 
dvigatellar esa teskarisi, ya’ni kam zaharli gaz va qurum chiqaradi.
Tezlanish 
– 
salt holatida harakatlanish asosan yo‘nalishlarda 
harakatlanayotgan avtobuslarda keng qo‘llaniladi. Bu usuldan 
bo‘ylama yo‘nalishda tik balandlik va nishabliklar bor joylarda 
foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bunday yo‘l sharoitida 
haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashni unutmasligi kerak.
Avtomobilni juda tez joyidan qo‘zg‘atadigan va tez tormozlab 
to‘xtatuvchi haydovchi yonilg‘ini ko‘p sarflaydi.
Tog‘li joylarda harakatlanganda ham yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. 
Buning asosiy sababi balandlik ortgan sari havo bosimi kamayadi. 
Masalan, 3 – 4 ming 
km
balandlikda dvigatelning quvvati 25 – 30 % 
ga kamayadi. Bunday sharoitda tajribali haydovchilar qiyalikka 
avtomobil yetib borguncha tezlikni kattalashtirib, uning kinetik 
quvvatini oshiradi, pastga tushayotganda esa yaqin masofada keskin 
burilishlar bo‘lmasa, avtomobil o‘z og‘irlik kuchi va yig‘ilgan 
kinetik quvvati hisobiga harakatlanib boradi.
Agar avtomobilni to‘xtatish joyi avvaldan ma’lum bo‘lsa, haydov-
chi avtomobilning inersiyasi hisobiga harakatlanib borishi va iloji 
boricha tormoz tizimidan foydalanmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shahar sharoitida chorrahalarda harakatlanish svetofor 
yordamida boshqarilayotgan va ko‘chada «yashil chiroq» uslubi 
qo‘llanilgan bo‘lsa, haydovchi shunday tezlikni tanlashi kerakki, u 
ko‘chani boshidan-oxirigacha to‘xtamasdan harakatlansin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan va 
foydalanilayotgan avtomobillarning asosiy qismida avtomatik uzat-
malar qutisi o‘rnatilmagan. Avtomatik uzatmalar qutisi avtomobilni 
boshqarishni osonlashtiradi, ammo shu bilan bir paytda, oddiy uzat-
malar qutisi bor avtomobillarga nisbatan yonilg‘i sarfini 10 – 15 % 
ga oshishiga olib keladi. Haydovchi oddiy (shesternyali) uzatmalar 
qutisidan to‘g‘ri foydalanganda yonilg‘i sarfini birmuncha kamay
-
tirish mumkin. Har bir uzatmada harakatlanish tezligining chega-
rasi har xil bo‘lgani uchun yonilg‘ining tejalishi haydovchi ning 
mahorati va malakasiga bog‘liq bo‘lib, yonilg‘i sarfi 25 % gacha 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Haydovchilar uzatmalar qutisidagi 


93
pog‘onalardan foydalanganlarida har bir uzatmadagi maksimal te-
zlik iloji boricha minimal bo‘lishiga va to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatmada 
ko‘proq vaqt harakatlanishiga erishishlari kerak. Bu usulda avtomo-
bilga ortiqcha yuklanish tushmas lik asosiy omil bo‘lib qolishi ker-
ak, aks holda, yonilg‘i sarfini kamaytirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, avtomobilni noto‘g‘ri boshqarish 
texnikasi yonilg‘i sarfini qanchaga oshirish mumkinligini eslatib 
o‘tish mumkin:
1. Dvigatelni noto‘g‘ri yurgizib o‘t oldirish, belgilangan temperatu-
ragacha qizdirmaslik va avtomobilni joyidan qo‘zg‘a tish – 15 – 20 %.
2. Harakatlanish davomida uzatmalar qutisidan noto‘g‘ri foyda-
lanish – 15 – 25 %.
3. Avtomobilning kinetik energiyasidan to‘liq foydalanmas-
lik – 20 – 30 %.
4. Harakat tezligini noto‘g‘ri tanlash – 40 %.
5. Avtomobilga ortiqcha yuklanish tushirish – 15 – 25 %.
6. Qoplamasi qoniqarsiz yo‘llarda harakatlanish – 15 – 20 %.
7. Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘llarda harakatlanish – 
5 – 20 %.
Yonilg‘ini tejamli boshqarish bo‘yicha so‘nggi tavsiyalar:
– agar dvigatel sovuq bo‘lsa, yonilg‘i uzatish tepkisini 2 – 3 
marta bosib qo‘yish;
– havo to‘siqchasi tugmasini (zaslonka) oxirigacha tortib ushlab 
turish;
– ilashmani uzib turib, o‘t oldirish kalitini burash;
– havo to‘sqich tugmasini dvigatelning qizishiga qarab soz lash;
– agar dvigatel issiq bo‘lsa, kalitni burab o‘t oldirish;
– salt holatda dvigatelni bir daqiqadan ko‘p ishlatmaslik;
– harakatni boshlashdan oldin dvigatelni issiqlik indikatorining 
strelkasi belgilangan chiziqqa kelgunicha qizdirish;
– avtomobilni joyidan shiddat bilan tezlatmaslik;
– to‘xtayotganda shiddat bilan tormoz bermay, avtomobilning 
kinetik energiyasidan to‘laroq foydalanish;
– imkon boricha bir tekis tezlikda harakat qilish;
– havo tozalagichni toza tutish;
– avtomobilga zarur bo‘lmagan yuklarni ortmaslik;
– g‘ildiraklardagi havo bosimini nazorat qilib turish;
– havo konditsionerini faqat zarur vaqtlardagina ishlatish.


94

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin