112
mijoziga ruhiy fiziologik imkoniyati va holatiga, kasbiy tayyorgarlik
darajasiga bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda haydovchining kasbiy
ishonchliligiga V. M. Mishurin va A. N.
Romanovlar quyidagicha
ta’rif beradilar: haydovchining kasbiy ishonchliligi deb uning butun
ish davomida va barcha yo‘l sharoitlarida avtomobilni xavf
siz
boshqara olish qobiliyatiga aytiladi.
Haydovchilarning kasbiy ishochliligi bo‘yicha uzoq yillar
ilmiy tadqiqotlar olib borgan va texnik tizimlarni, xususan
avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha
yirik mutaxassis olim
bo‘lgan R. V. Rotenberg bu muammoga texnik nuqtayi nazardan
qarab, ushbu tushunchaga quyidagicha ta’rif beradi: haydovchining
ishonchliligi bu – harakat tartibiga (режим движения) va avto-
mobildan foydalanish sharoitiga mos ravishda harakat xavfsizligini
ta’minlab berish qobiliyatini ma’lum chegarada saqlab qolishidir.
Ruhshunos va texnik olimlarni haydovchilik kasbiy ishonch-
liligiga bergan ta’riflari bir-biridan farq qilsa ham, uni belgilab
beruvchi omillar bir xil ekanligini ko‘rish mumkin, ya’ni bular:
haydovchining
ruhiy fiziologik sifatlari, tayyorgarligi, axloqiy
turg‘un
ligi, ish qobiliyati, malakasi, ma’lumoti va boshqalar.
O‘rganayot gan haydovchining o‘z kasbiga ishonchi quyidagi ko‘rsat-
kich lar bilan tavsiflanadi:
– haydovchining kasbga yaroqliligi;
– haydovchining
kasbiy tayyorgarligi;
– haydovchining ish qobiliyati.
Haydovchi avtomobilni hayday olishi uchun sog‘lig‘i, ruhiy
fiziologik sifatlari tekshiriladi.
Haydovchining tajribasi uning yoshi, ish staji, o‘quv darajasi
va o‘zining faoliyati davrida olgan kasbiy bilimlari va mahorati
(ko‘nikmalari) bilan aniqlanadi. Haydovchilikka ruhiy tayyorgarlik
ham bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi.
Haydovchining ish qobiliyati uning yuqori sifatli ko‘rsatkichlari
va yuqori darajada qoidalarni o‘ziga singdira olishi bilan, ya’ni o‘z
vazifasini bajara olishi bilan aniqlanadi.
Yo‘llarning
holati va jihozlari, yo‘l harakatini tashkil etish
darajasi, transport oqimining jadalligi va tarkibi, harakat tezligi va
muhit ham haydovchining kasbiy ishonchliligiga katta ta’sir etadi.
113
Haydovchining o‘z kasbiga ishonchi yo‘ldagi obyektlarning,
ularning yaqinlashish tezligini, harakat yo‘nalishi va ulargacha
bo‘lgan masofani aniq va o‘z vaqtida qabul qila olishiga bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun haydovchilarga yo‘l
sharoiti va uning
elementlarini qabul qilish uchun optimal sharoitlar yaratilgan
bo‘lishi kerak (avtomobil va yo‘llarda).
Dostları ilə paylaş: