O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Haydovchining ruhiy fiziologik tasniflari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
True

11.2. Haydovchining ruhiy fiziologik tasniflari
Haydovchi mehnatining ruhiy fiziologiyasi haydovchilarning har 
xil kasbiy faoliyatidagi ruhiy jarayonlarni, ularga qo‘yilishi lozim 
bo‘lgan talablarni, uning kasbiy ishonchliligini oshirishga, sog‘lig‘ini 
saqlashga va ish unumdorligini oshirish tamoyillarini o‘rganadi.
Bu izlanishlarga haydovchining inson sifatida bosh miya qobig‘i-
dagi fiziologik o‘zgaruvchi jarayonlar asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni:
– kasbiy faoliyati davrida mahoratini oshirish; 
– o‘z faoliyatini tahlil qila olish (kuzatuvlari, tajribasi va 
bilimlarini umumlashtirish);
– mahorati, faqat kerakli axborotlarni xotirada saqlab qolish va 
qayta yo‘llash;
– bir marta qilgan xatoni yana qaytarish;
– har xil sharoitlardagi faoliyatlarga ko‘nikish;
– 
AHYPM tizimining elementlaridagi nosozlik va yuzaga 
kelgan kamchiliklarni o‘z xatti-harakatlari bilan bartaraf eta olish;
– kasbiy faoliyatiga tegishli salbiy va ijobiy odatlarning paydo 
bo‘lishi va hokazo.
11.3. Haydovchining mehnat faoliyatini
va dam olishini tashkil etish
Haydovchining fiziologik imkoniyatlari uning sog‘lig‘iga, 
jismoniy ahvoliga bog‘liq bo‘lib, uning ish qobiliyatini aniqlab 
beruvchi omil vazifasini bajaradi.
Haydovchining ish qobiliyati ish jarayonida toliqishi oqibatida 
pasayishi, uning ruhiy holatini tavsiflovchi sifatlariga ham 
salbiy ta’sir etadi. Ish qobiliyatining pasayishi haydovchining 
ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishiga va natijada YTHning sodir bo‘lish 
ehtimolining ortib ketishiga olib keladi.
Haydovchining ish qobiliyati ish faoliyati davomida toliqishi 
oqibatida pasayib boradi. Ma’lum muddatdan keyin haydovchi dam 


114
olsa u yana tiklanadi (58-rasm). Agar haydovchining dam olganidan 
keyin ham ish qobiliyati tiklanmasa, bu o‘ta toliqish deb ataladi. 
Masalan, kechasi to‘yib uxlamasa, haftaning oxiriga kelib charchoqlar 
yig‘ilib borgani uchun bu ham o‘ta toliqishga olib keladi.
100
80
60
40
20
0
Is

qo
bi
liy
at
i, 
%


2 3 
4 5 


8
Ish soatlari, s.
Tu
sh
lik
58-rasm.
Haydovchi ish qobiliyatining ish soatlari davomida o‘zgarish grafigi
.
Haydovchi ish qobiliyatining kun davomida o‘zgarib borishini 3 
davrga ajratish mumkin:
Birinchi davr – kirish bo‘lib, haydovchi dam olishdan so‘ng ishga 
chiqqani uchun ma’lum vaqt yo‘l sharoitiga ko‘nika olmaydi. Vaqt 
o‘tishi bilan uning ish qobiliyati ortib boradi.
Ikkinchi davrning boshida ish qobiliyati o‘zining eng katta 
qiymatiga yetadi va ma’lum vaqt davomida turg‘un saqlanib qoladi.
Ish vaqtining davom etishi bilan shunday davr boshlanadiki, 
endi ish qobiliyati yana pasaya boradi. Tushlik va dam olish hay-
dovchining ish qobiliyatining yana ortishiga olib keladi. Kunning 
oxiriga kelib charchoqning ortishi oqibatida ish qobiliyati ma’lum 
bir jadallik bilan pastga qarab ketadi (kuzatishlar yetti soat ishlag-
anidan keyin ish qobiliyatining keskin pasayishini tasdiqlagan).
59-rasmda «Toshavtobustransxizmat» uyushmasining 2-avtobus 
saroyida 2001 – 2006-yillarda haydovchilarning ish soatlari bo‘yicha 
sodir etgan YTH tasvirlangan.
59-rasmdan ko‘rinib turibdiki, haydovchining ish soatlari 
ortishi bilan YTHning soni ham ortib borar ekan. Eng ko‘p YTH 
haydovchi ishining 4 – 7 soatlari to‘g‘ri kelar ekan. Haydovchi 
8 soat ishlaganidan keyin YTH sonining kamayib borishi 
haydovchilarning ish tartibi (rejimi) bilan bog‘liq bo‘lib, 2-avtobus 
saroyida asosiy qism haydovchilari ikki smenada ishlaydi.


115
10
8
6
4
2
Y
TH s
on
i, d
.
2 4 6 8 10 
12 14
Ish soatlari, s.
59-rasm
. YTH sonini haydovchining ish soatlari bo‘yicha taqsimlanishi.
Tahlillar va 58 
– 
59-rasmlardan shunday xulosa kelib chi-
qadi. Haydovchining ish kuni davomida ish qobiliyatining 
pasayishi tabiiy holdir. Ish qobiliyatini zarur darajada ta’minlash 
haydovchining kunlik ishini qanday tashkil etishiga bog‘liq ekan.
Har bir haydovchining ish kuni «Avtomobil haydovchilarining ish 
soatlari va dam olishlari haqida nizom» asosida tashkil etilishi kerak.
Ushbu nizomga ko‘ra, haydovchining haftalik jami ish soati 
haftalik soat, kunlik 7 soat va dam olish kuni arafasida 6 oy qilib 
belgilangan. 1 soatga qisqartirish kerak.
Agar ishlab chiqarish sharoiti 7 soatlik ish soatini ta’minlay 
olmasa, ish soati 10 soatgacha cho‘zilishi mumkin. 12 soatlik ish 
kuni esa, faqat Kasaba uyushmasi markaziy qo‘mitasining ruxsati 
bilan tashkil etilishi mumkin.
R. V. Rotenber haydovchining ish soatlarini o‘rganib, quyida-
gilarni aniqlagan (4-jadval).
4-jadval
Haydovchilar soni, %
14
44
27
15
Ish kunining davomiyligi, soat: 8 soatgacha 8 – 10 soat
10 – 12 
soat
12 soatdan ko‘p
Amaldagi qonunlarga ko‘ra («Mehnat kodeksi haqida»gi Qonun) 
haydovchiga ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun 
vaqt berilishi, kunlik va haftalik dam olish kunlari va yillik ta’til 
berilishi kerak.
Haydovchining ish kunini rejalashtirishda ikki kunda 4 soat va 
bir yilda 120 soat ortiq ishlashiga ruxsat etiladi.
Yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki, haydovchining ish tarti-
bini tasarrufdagi xizmat bo‘limi rejalashtiradi va unga javob beradi.


116

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin