89
murakkablik qarama-qarshi ayrilishlarda va yo‘l qatnov qismining
chekkasida harakatlanayotganida ko‘proq namoyon bo‘ladi
(avtoshatakdagi avtomobil chetga og‘ishi
natijasida kyuvetlarga
tushib ketishi, yo‘l yoqasida harakatlanayotgan piyodalarni bosib
ketishi ham mumkin).
Avtomobilni shatakka olganda haydovchi joyidan
birinchi
pog‘onada asta-sekin qo‘zg‘alishi kerak.
Tormoz berilganda ishchi tormoz bilan bir paytda dvigateldan
(yordamchi tormoz tizimi) ham to‘g‘ri foydalanish kerak.
Egiluvchan ulagichlar yordamida shatakka olinganda havo bosimi
ostida ishlovchi tormoz tizimli avtomobillarning
dvigateli ishlab
turishi kerak. Bunday shatakka olishda qo‘l (zaxira) tormozining
sozligiga ham katta ahamiyat berilishi kerak.
Agar dvigatel nosoz bo‘lsa, faqat
qattiq ulagich yordamida
shatakka olish ruxsat etiladi.
Agar shatakka olinishi kerak bo‘lgan avtomobilning rul tizimi
texnik nosoz bo‘lsa, uning oldi qismini shatakchi avtomobilga
qisman ortib yoki qattiq uchburchaksimon ulagich yordamida
shatakka olish mumkin.
Egiluvchan ulagichning uzunligi 4 – 6
m
bo‘lsa, har 1
m
ga
ogohlantirish taxtachasi yoki bayroqchalar bog‘lanadi. Tezlik 50
km/s
dan ortmasligi kerak.
Kunduz kunlari shatakka olinganda ko‘rinish masofasi qancha
bo‘lishidan qat’i nazar, shatakchi avtomobildagi yaqinni yorituvchi
chiroqlarni, shatakda esa, gabarit chiroqlarni yoqib qo‘yi shi kerak.