83
Agar yo‘l qoplamasi tepkilangan qordan iborat bo‘lsa, bunday
yo‘l larda g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda ka-
mayib ketadi. Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, yo‘l qop la-
masi ho‘l bo‘lgan joylarda 33,0 % va muzlagan joylarda 77,0 %
gacha
YTH avtomobilning sirpanib ketishi oqibatida sodir bo‘lar ekan.
Yo‘lning qatnov qismi tepkilangan qordan iborat bo‘lganda,
yo‘l yoqasidagi qor tepkilanmagan bo‘lishi mumkinligini har doim
unutmaslik kerak. Ayniqsa, qarama-qarshi yo‘nalishda avtomobillar
harakatlanayotganida haydovchi yo‘l berishi uchun yo‘l yoqasiga
chiqib ketganda ozgina tormoz berishi ham avtomobilning sirpanib
ketishiga olib keladi.
Agar yo‘lda avtomobillarning ko‘p o‘tganligi
oqibatida
chuqur izi qolgan bo‘lsa yoki tramvay yo‘li o‘tgan bo‘lsa, bunday
sharoitlarda ularni hisobga olish kerak, chunki rels va uning
yonidagi g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda
ham kichik bo‘ladi. Relslarni kichik burchak ostida kesib o‘tish va
g‘ildiraklar o‘qining bir paytda bir tomonda bo‘lib qolmasligini
ta’minlash kerak.
Chuqur izlardan chiqib ketish uchun boshqariluvchi g‘ildirak-
larni
oldin teskari tomonga, keyin esa kerakli yo‘nalishga
aylantirish to‘siqlardan o‘tishni ta’minlaydi.
Sirpanchiq yo‘llarda haydovchi sharoitdan kelib chiqqan holda
tezlikni tanlashi, agar avtomobil yonga sirpanib ketsa, g‘ildirakni
sirpangan tarafga
burishi va asta-sekin orqaga, ya’ni kerakli
yo‘nalishga burishi kerak.
Sirpanchiq yo‘llarda hech qachon keskin va qattiq tormoz
bermasdan, asta-sekin ilashmani ajratmagan holda tormoz berish
va faqat tezlik 10
km/soat
dan kamaygandagina ilashmani ajratish
xavfsizlikni ta’minlaydi.
Sirpanchiq yo‘llarda tormoz berganda g‘ildiraklar
blokirovka
(qo‘zg‘almas) holatga tushib qolmasligi kerak. Keskin tormoz
berganda boshqariluvchi g‘ildiraklar avvalroq blokirovka bo‘lib
qoladi va natijada avtomobil boshqaruvchanlikni yo‘qotib qo‘yadi.
Sirpanchiq yo‘llarda g‘ildiraklardagi bosimni 1/3 qismga
kamaytirish g‘ildirak bilan yo‘lning ilashish yuzasini kattalashtiradi
va bu usul ham yaxshi natija beradi.