quvonchli, ham o‘kinchli damlarga, iztirobli kechinmalarga, qarama-qarshi his-
tuyg‘ularga boyligi orqali ham boshqa yosh davrlaridan ajralib turadi. Ko‘ngil
xotirjamligi, dam olish istagi va shu bilan birga ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish
tuyg‘usi o‘rtasida ruhiy inqirozli vaziyatlar paydo bo‘ladi, qanday qarorga kelish,
ya’ni mehnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan
chetlashish muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqdir. Hozirgi zamon
kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir yarim
- ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi kishilarning jismoniy quvvati, yuksak
ma’naviy-axloqiy qarashlari, ruhiyatining tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish
haqida o‘ylashga izn bermasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu yoshdagilarning
ishchanligi,
kasbiy
mahorati,
turmush
tajribasi,
ongining
yuksakligi,
ma’naviyatining boyligi, ruhiyatining sofligi yangi zafarlar, mehnat quvonchlari sari
dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.
Dostları ilə paylaş: