Jamiyatda diniy fanatizm va dinda qarashlar xilma-xilligi


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 93,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü93,23 Kb.
#186953
1   2   3   4   5   6   7   8
jamiyatda-diniy-fanatizm-va-dinda-qarashlar-xilma-xilligi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
345 
Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr 
va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik muayyan g’oyalarning to’g’ri 
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, ―o’zgalar‖ va ―o’zgacha‖ qarash 
va g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay 
rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo’ladi. Mutaassiblik barcha 
davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib 
chiqishiga sabab bo’lgan. 
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy 
tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g’oyalarning 
tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o’z 
nomini muqaddas islom dini bilan bog’lashga urinadi. Ular o’zlarini ―najot topgan 
guruh‖, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. 
―Islom‖ so’zining lug’aviy ma’nolaridan biri ―tinchlik‖ bo’lib, u hech qachon 
buzg’unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar 
esa buzg’unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o’zlarining maslaklariga 
aylantirib olganlar. 
Qur’oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. 
Jumladan, ―Niso‖ surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: ―Kimda-kim 
qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga 
Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay‖.
Hadislarda ham bu borada ko’plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy 
rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: ―Rasululloh (s.a.v.): ―Alloh taoloning 
nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko’ra, yorug’ dunyoning 
barbod bo’lib ketishi yengilroqdir‖, dedilar‖. 
Hozirda dunyoda ko’plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, 
afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular 
qatorida ―al-Qoida‖, ―Hizbut-tahrir al-islomiy‖ (Ozodlik islomiy partiyasi), ―al-
Jihod‖, ―at-Takfir val-hijra‖ (Takfir va xijrat), ―Turkiston islom harakati‖, ―Islomiy 
jihod ittihodi‖ (Islomiy jihod uyushmasi), ―Katibatul Imam al-Buxari‖ (Imom 
Buxoriy bataloni), ―Jamoat Ansorulloh‖ (Allohning yordamchilari jamoasi), 
―Jabhatun-nusra‖ (G’alaba fronti) va ―Islom davlati‖ kabi tashkilotlarni sanash 
mumkin. 

Yüklə 93,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin