Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Zamonaviy o’quv-texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish



Yüklə 234,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü234,26 Kb.
#186980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashg‘ulot

 Kompyuter haqida umumiy ma’lumot 
Kompyuter(inglizcha so’zdan olingan bo’lib – “hisoblovchi” ma’nosini 
bildiradi) – programmalashtirilgan axborotlarni qayta ishlovchi universal raqamli 
hisoblash mashinasidir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, 
video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan 
hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli 
ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning 
tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor 
xolos. Bunga albatta sabablar ko’p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy 
kompyuterlar ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira 
hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p masalalarni 
yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda 
kompyuter atamasi ko’p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash 
mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) atamalari ham hayotda ko’p ishlatib 
turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter atamasidan foydalanamiz. 
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli(uzluksiz), raqamli-
analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, 
bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa 
ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun, ular ko’proq foydalanilmoqda. Amalda esa 
hozir 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
kompyuterlarning 
besh 
guruhi 
keng 
qo’llanilmoqda. 
Kompyuterlarni sinflash 
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, takt chastotasi(bir sekundda bajaradigan 
amallar tezligi), ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga 
qarab, besh guruhga bo’lish mumkin: 
- super kompyuterlar; 
- katta kompyuterlar; 
- mini kompyuterlar; 
- mikro kompyuterlar(shaxsiy kompyuterlar); 



- bloknot va cho’ntak kompyuterlari (noutbuk, la’ptop’, ‘almto’), 
Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab 
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi. 
Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch 
o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalari, global 
informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir 
sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Misol sifatida AQSh energetika vazirligining 
Sandia laboratoriyasida o’rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuterini 
keltirish mumkin. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro 
qurollarini modellashtirishda qo’llaniladi. 
Katta kompyuterlar (Manframe Compyuter) - fan va texnikaning turli 
sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi 
va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga 
misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES
/
9000, 
Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va 
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi 
jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, 
ularning gabariti (hajmi) tobora ihchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik 
joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor 
yaratilgan ‘D’-11 (P‘rogramm Driver p‘rocessor - dasturiy boshqaruv prosessori) 
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, 
SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, hewlett packard firmasining hP 9000 va 
boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi. Shuni aytish joizki, 
minikompyuterlar o’zlarining «katta og’alari» Manframe kompyuterlarni 
imkoniyatlari darajasiga ko’tarilib bormoqda. 
Shaxsiy 
kompyuterlar 
hozirda 
korxonalar, 
muassasalar, oliy o’quv yurtlarida keng tarqalgan bo’lib, 
ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. 
2-Rasm. 


10 
Bugungi kunda pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng 
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. 
Bular IBM, Compaq, hewlett-packard, packard Bell, Toshiba, Appsle, Siemens 
Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. shuni aytish joizki, 
yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan 
kompyuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-sharqiy 
mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tailand, Koreya va boshqa 
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab 
chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega. Firma nomlari 
ko’rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname)deb yuritiladi. 3-
Rasm. 
Noutbuk kompyuterlar(yozuv kitobchasi). Noutbuk kompyuterlar hajmi 
ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy 
kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri 
ham elektr energiyasidan va ichiga o’rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz 
(batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi 
va u batareya bir necha yillarga mo’ljallangan bo’ladi. Hozirda bunday noutbuklarni 
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, 
bunday kompyuterlar o’z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga 
tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo’lishini sezish qiyin emas. 
Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan 
ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot 
tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi lahzalarida va boshqa 
amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi. 
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuter 
(la’ptop)lari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, amaliyot tizimi 
boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. 


11 
la’ptop kompyuterlari. Tizzada ishlatib o’tirishga qulay va yengilligi bilan 
nootebook kompyuterlaridan farq qiladi [1,2,3,]
1


Yüklə 234,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin