Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Zamonaviy o’quv-texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish



Yüklə 234,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü234,26 Kb.
#186980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashg‘ulot

Disk yurituvchilar(Diskovodq) 
Bu qurilmalarning ayrimlari tashqi xotiralarga ma’lumotlarni yozish va 
o’qish, ayrimlari esa faqat ulardan ma’lumotlarni o’qish uchun 
xizmat qiladi.11-Rasm. 
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma’lumotlarni ham yozish 
ham o’qish uchun xizmat qiladigan disk yurituvchilar nisbatan arzon narxda 
bo’lgani uchun, ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga o’rnatilgan bo’ladi. 
Qattiq disklar kompyuterni ishlashi uchun kerak bo’ladigan xizmatchi 
dasturlarni va foydalanuvchining ma’lumotlarini uzoq muddat saqlashga 
mo’ljallangan. Ularning hajmi juda katta bo’lgani uchun undagi ma’lumotlarni 
qidirib topish yoki ma’lumotlarni saqlash uchun bo’sh joy tanlash birmuncha vaqt 
talab qiladi. Shuning uchun bunday diskning har bir qavatida shu diskni har ikkala 
tarafini o’qiydigan golovkalar o’rnatilgan. Diskni esa odatda mantiqiy ravishda ikki 
yoki undan ko’p bo’laklarga bo’lib har birini alohida disk deb e’lon qilinadi. 


23 
Shuning hisobiga diskda ma’lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi. 
Lazerli disklarga odatda zavodda yuqori aniqlikdagi lazer yordamida 
ma’lumotlar yoziladi va keyinchalik bu ma’lumotlarni faqat CD ROM qurilmasi 
yordamida o’qiladi. Hozirgi kunda CD Writer va DVD RW qurilmalari ham bor 
bo’lib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning o’zida ma’lumot yozish va 
o’qish mumkin. 
Drayverlar 
Bu shunday dasturki, u ma’lum qurilmalarni amaliyot tizimi bilan birga 
ishlashini ta’minlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan bo’lsayu unga mos 
drayver o’rnatilmagan va sozlanmagan bo’lsa, u holda Windows bunday qurilmani 
tanimaydi. Masalan: klaviatura, monitor, disk, printer va boshqa qurilmalar 
drayverlari bor. 
Shina 
Barcha 
adapterlar 
mikroprosessor 
va 
xotira 
orqali 
berilganlarni 
ayirboshlovchi magistral yo’l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo’ladi. 
Shunday qilib, oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus 
simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning 
elektron tuzilmasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul 
tuzilishiga ega bo’lishi kompyuterlar ta’mirlanishini oson bajarish, uni 
foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig’ish va o’zgartirish imkoniyatini beradi. 
Tizim platasi 
U kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, 
tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo’ladi. Bundan tashqari, unda 
ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron tizimlar, klaviatura, disk 
qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. Hozirda shinalarning PCI / ISA turi 
keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori 
bo’lib, u orqali kompyuterga ko’p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. 
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo’lib, ular tizim 
blokining orqa qismida joylashgan 
slot
deb ataluvchi joylar orqali printer, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish 


24 
portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. 
Windowsning multimedia imkoniyatlari 
Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb 
ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday 
texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter multimedia - kompyuter deb ataladi. 
Multimedia atamasining lugaviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo 
multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda 
turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni 
vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan 
birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia 
haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa 
turlari, masalan, virtual voqiylik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli 
emas. 

Yüklə 234,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin