4. O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
O’zbekistonda transport va xizmat ko’rsatish infrastrukturasining jadal rivojlanishi,
mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotimizning yana bir muhim sektori turizm
sohasining ham ravnaq topishiga sharoit yaratadi. Istiqlol sharofati bilan Buxoro, Xiva,
Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qo’qon kabi ilm-fan, madaniyat va ma‘rifat markazlari
joylashgan mo’tabar zamin, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk
sarkarda va ulamolar, mashhur davlat arboblari hamda mutafakkirlar kindik qoni to’kilgan ona
Vatanimiz jahonning sayyohlik sohasi taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi.
Mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni
qo’llabquvvatlash, ularga o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa
yo’nalishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo’li chorrahasida
joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go’zal tabiatini butun
dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O’zbekistonni o’z ko’zi bilan
ko’rmoqchi bo’lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan,
90yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2013 yilda bu
ko’rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Bunday natijaga osonlikcha erishilgani yo’q, albatta.
Binobarin, keyingi yillarda qadimiy shaharlarimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilib,
sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilgani, Yevro-4 talablariga javob beradigan avtobuslar,
Boeing-767, A310, A320 rusumli havo laynerlari, Afrosiyob tezyurar poyezdlari qatnovining
yo’lga qo’yilgani sabab bo’lmoqda. Hozirgi paytda O’zbekturizm, O’zbekiston havo yo’llari va
qator boshqa milliy kompaniyalar, turistik agentlik va korxonalar davlat yordamida katta
yutuqlarga erishmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg’ona va Namangan
shaharlarida xalqaro toifadagi aeroportlar ishlab turibdi.
Bu yangilanishlar 2012 yilda O’zbekistonni Butunjahon turistik tashkiloti Ijroiya
qo’mitasiga kirishida muhim omil bo’ldi. 2013 yili Jahon sayohat va turizm kengashi (World
Travel and Tourism Council WTTC) e‘lon qilgan yangi hisobotda O’zbekiston turizm tarmog’i
dunyoda eng jadal rivojlanayotgan davlatlar ro’yxatiga kiritildi. Jahon sayohat va turizm kengashi
har bir davlatning milliy yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushini o’rganib chiqqan holda
mazkur ro’yxatni tuzadi. O’zbekiston ro’yxatning beshinchi pog’onasidan o’rin olgan.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri
– bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi.
2016 yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Ana shu
maqsadda 2016 yil 2 dekabr kuni Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4861) va O’zbekiston
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2666) e‘lon qilindi. Yurtimizda 8 ming 300
ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan
(Murojaatnoma. 29.12.2020.).
Mamlakatimizning betakror tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib,
yangi turistik yo’nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat
turizmi, ekologik, ma‘rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud.
2017
yil 7 sentabrda Toshkent shahrida Eski shahar turizm zonasini barpo etish bo’yicha
chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (№PQ-3260) qabul
qilindi.
2018
yildan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va
yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va
jadallashtirish ishlari boshlab yuborildi.
2018 yil 28 iyun sanasida Samarqand shahrida Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti tashkil
etildi (PQ-3815).
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini
oshirish bo’yicha kompleks choralar ko’rish dolzarb masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek bizda turizm ko’pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy
yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy
qo’riqxonalar, tog’li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud.
Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot,
balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
Shu munosabat bilan 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-2025 yillarda
Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga
tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik
daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2017
yil 5 dekabrda Chorvoq erkin turistik zonasini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5273) qabul qilindi.
2018
yil 3 fevralda O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5326) qabul qilindi.
Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-3514
(07.02.2018), Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4095,
(05.01.2019),
O’zbekiston
Respublikasiga
xorijiy
fuqarolarning
kirishi
tartibini
optimallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ-3836 (04.07.2018) O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Qarorlari, shuningdek 2019 yil 13 avgustda e‘lon qilingan O’z Rda
turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni (PF-5781)
mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirishning yangi yo’nalishlarini belgilab berdi.
So’nggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirila boshlandi.
2019
yilda 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi
joriy etilishi natijasida mazkur yilda yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.
Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko’p demakdir (O’z.R.Prezidentining
Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 24.01.2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab o’tganlaridek turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog’iga
aylantirish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2020 yilda hukumat oldidagi eng muhim
vazifalardan biri – yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish yuklatildi.
Ma‘lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O’zbekistonni
sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Katta salohiyatga ega bo’lgan
ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish istiqbollari mavjud. Yurtimizda 8 ming 300
dan ziyod madaniy meros obekti mavjud bo’lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi
kiritilgan. Ziyorat va an‘anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo’lgan marshrutlardagi obektlar
sonini 800 taga yetkazish zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda.
Qator farmon va qarorlar asosida bu sohadagi sharoitlar kengaytirilmoqda. Xususan, 2017-2020-
yillarda fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga
yetkazildi, 53 ta davlat uchun elektron viza tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin bo’lgan joriy
2020-yilda sohadagi subyektlar har tomonlama qo’llab-quvvatlandi, ularga subsidiya va ssudalar
berildi.
2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari
eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo,
ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid ko’plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik
yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million
dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |