mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyai ishlari
vazirligi, Oltin meros jamg’armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar
rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta‘minoti bo’yicha dastur
ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta‘mirlash, muzey eksponatlarini
boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llabquvvatlash maqsadida
1998-yilda O‘zbekmuzey Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik
madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi Moziydan sado jurnali ta‘sis etildi va u 1999-yildan
boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy
fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi.
O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoatcnilik muzeylari faoliyat
ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi
nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish dilmoqda. Mamlakatimizning
me‘moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me‘moriy
obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san‘at asari davlat muhofazasiga olingan.
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir
tarixiy yodgorliklar, me‘moriy
obidalar, monumental san‘at asarlari saqlanib qolgan, davlat
muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e‘tirof etilgan.
Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo’riqxonasining Registon maydoni
yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me‘moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob
muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo
gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli,
Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan
qal‘asidagi Ko’hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo’ja minorasi,
Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir
Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz
me‘moriy yodgorlik majmualari qayta ta‘mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi
betakror me‘moriy yodgorliklar jahon xalqaro madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida xalqimizning me‘moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir
Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad al-Farg’oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi
haykallari qo’shildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar,
me‘morchilik va haykaltaroshlik san‘ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro’zg’or buyumlari, turli
taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi.
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san‘ati asarlaridan iborat
etnografik ko’rgazmalarni
namoyish etib, jamiyatimiz ma‘naviy kamoloti yo’lida xizmat
qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib,
ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san‘at asarlari oldida ta‘zim
etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda
O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Shu o’rinda, Vatanimiz tarixini o’rganayotgan Siz aziz o’quvchilarni ajdodlarimiz tarixini,
madaniy hayotini o’zida yorqin aks ettiruvchi ko’pdan ko’p muzeylarga tashrif buyurib, o’z
bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muzeylarga alohida etibor qaratildi. 1994 yilda Madaniyat
ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 68 ta muzey mavjud edi. 1999 yilda ularning asosiy
fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilda muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi.
Hozir O’zbekistonda 133 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 98 tasi O’zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufida bo’lib, 4 ta muzey Fanlar akademiyasi qoshida, 2 ta
muzey O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi qoshida, 7
ta muzey boshqa vazirlik va
tashkilotlar qoshida ish olib bormoqda.
O’zbekiston fuqarolarini, ayniqsa, yoshlarni muzey muassasalariga jalb etish, mazkur
muassasalarning tarbiyaviy rolini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 2014 yil 11 iyulda Vazirlar
Mahkamasining Davlat muzeylarini bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta‘minlash chora-
tadbirlari to’g’risidagi qarori shu ma‘noda juda ahamiyatli bo’ldi.
Muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati oshdi, ularning o’zbek xalqi milliy o’zligini
anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e‘tibor xorijlik fuqarolarning O’zbekistonga,
uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’lgan qiziqishini oshirdi.
Shanarsozlik. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko’rilmagan
darajada avj oldi. O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahrining qiyofasi tubdan o’zgardi, yuzlab
zamonaviy, ko’rkam, osmon o’par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qarorgohi –
Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar
saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o’z ichiga olgan Ma‘rifat markazi binosi,
Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi,
Biznes markaz, Markaziy
bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko’rgazma xizmatlar
majmuasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Interkontinental va Toshkent-Sheraton
mehmonxonalari shular jumlasidandir.
Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan Oloy, Chorsu, Otchopar, Yunusobod,
Mirobod, Parkent, Qo’yliq va boshqa bozor binolari, zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etildi.
Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport, sog’liqni saqlash muassasalari, mustahkam ko’priklar
qurildi, transport yo’llari tubdan ta‘mirlandi va obodonlashtirildi.
Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma‘muriy binolar,
sport
inshootlari, bog’lar, saylgohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi.