110
8. Embrionning blastula davri va uning turlarini ayting.
9. Embrionning morula davrini tushuntiring.
10. Maydalanishgacha DNK replikasiyasi qanday sodir bo‘ladi?
11. Sinxron va asinxron maydalanishni tushuntiring.
V-BOB. GASTRULYASIYA
Gastrulyasiya va uning tiplari
Morula yoki blastuladan keyin, ya‘ni embrionning bir qavatlilik davridan
keyin embrionnnig ikki qavatlik davri boshlanadi. Embrionning ikki qavatlik davri
gastrula deb, bu jarayonnnig o‘zi esa gastrulyasiya deb ataladi. Gastrulyasiya
grekcha gaster - qorincha degan ma‘noni bildiradi. Bu qavatlar
embrion varaqlari
yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatlarning tashqisi ektoderma (entos - tashqi,
derma - teri), ichkisini esa entoderma (entos - ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki
qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko‘p hujayrali hayvonlar bosib o‘tadi.
Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi
hisoblanadi-Blastulaning ma‘lum tipiga gastruliyasiyaning ham ma‘lum tipi mos
keladi.Gastrulyasiyaning quyidagi tiplari mavjud:
Ichga botib kirish - invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo‘ladi.
Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo‘shilig‘iga botib kiradi. Asta-
sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo‘lib qoladi.
Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo‘shlig‘iga botib kirishi tufayli bu
bo‘shliq yo‘qoladi va uning o‘rnida boshqa bo‘shliq-birlamchi ichak bo‘shlig‘i
yoki gastrosel bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi (56-rasm).
2. Immigrasiya. Bunda ayrim blastomerlar blastula
devoridan blastosel
bo‘shlig‘iga ko‘chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil
bo‘ladi Agar blastomerlar bir qutbdan qolsa, buniunipolyarli, blastulaning hamma
joyidan ko‘chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko‘chsa bipoIyarli immigrasiya deb
ataladi. Birinchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba‘zi
bulutlarda sodir bo‘ladi. Gastrulyasiyaning bu turini 1884 -yilda l.
Mechnikov
aniqlagan.
3. Qatlamlanish - delyaminasiya. Bunda blastula devoridagi blastomerlar
ikki qavatga ajraladi, Tashqarida qolganlaridan ektoderma, ichkaridagilaridan esa
entoderma qavatlari hosil bo‘ladi. Bunday delyaminasiya birlamchi delyaminasiya
deb ataladi va meduzalarda uchraydi. Gastrlyasiyaning
yuqorida aytilgan usullari
blastomerlarning blastosel bo‘shlig‘iga chiqishi bilan hosil bo‘ladi.
Agar blastosel bo‘shlig‘i blastomerlar bilan to‘lgan bo‘lsa, unda gastrulyasiya
quyidagi yo‘lar bilan boradi:
1. Ikkilamchi delyaminasiya. Bu morula va sterroblastuladan keyin sodir
bo‘ladi. Bunda ham blastuladan blastomerl ajalraladi. lekin blastosel bo‘shlig‘i
yo‘qligi tufayli blastomerlar tashqariga ajaraladi. Tashqi tomonga almashgan
111
blastomerlardan ektoderma, ichkarida qolganlaridan esa entoderma qavatlar paydo
bo‘ladi.
2. O‘sib qoplash - epibo‘liya. Bu sterroblastuladan keyin kuzatiladi. Mayda
animal blastomerlarda tez bo‘linadi, sariqlik bilan to‘la bo‘lgan vegetativ
blastomerlari o‘sib qoplaydi. Dastlabki blastomerlar ektodermani,
keyingisi esa
entodermani hosil qiladi.
56-rasm . Gastrulyasiya tiplari (P.P.Ivanov, 1937 bo‘yicha).
A-
mulyipolyar immigrasiya; B1-B2- unipolyar immigrasiya bosqichlarining
ketma ketligi; V1-V2- gidroid poliplarning delminasiya; g1- ssifpomeduzalarning
gastrulyasiya; G2- aureliyada gastrulyasiya; D1-D2 - dengi tipralikonida
gastrulyasiya bosqichlarining ketma – ketligi; ye
kam tuklilarda epiboliya;
Arx- arxentron devori; bs- blastosel, bp- blastopor; gsl- dengiz tipralikani
embrionini qoplab
turadigan gialinli qavat; gs- gastrosel; mez- embrional
mezenxima; mezoid- selomik mezoderma; ekt- ektoderma; ent- entoderma.
3.GastruIyasiyaning aralash tipi. Ba‘zi hayvonlar embrion taraqqiyotida
gastrulyasiyaning invaginasiya, epibo‘liya
va boshqa tiplarining ayrim
xususiyatlari uchraydi. Bu hodisa amfibiyalar embrion taraqqiyoti davrida
kuzatiladi va gastrulyasiyaning aralash tipi deyiladi (57-rasm).
112
Gastrulyasiyaning yulqorida bayon etilgan tiplari alohida-alohida holatda
kamdan-kam uchraydi.Bu tiplar bir vaqtning o‘zida bitta embrionda kuzatilishi
mumkin. Demak, ular bir-birini to‘ldirib turadi.
Gastrulyasiyaning oxiriga borib blastosel bo‘shlig‘i o‘rnida gastrosel
bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Blastopor esa kichkina teshikka aylanadi. U og‘izga, anal
teshigiga (birlamchi yoki ikkilamchi og‘zlilarda) yoki har ikkalasiga (bulutlar va
kovakichihlarda) aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: