Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Embrionning provizor organlari 
 
Embrion rivojlaninishning havfsiz o‘tishini ta‘minlab, embrional davr tugashi
bilan o‘z faoliyatini tugatadigan organlar embrioning provizor yoki vaqtinchalik 
organlari deyiladi.Bu organlar embrional davr tugash bilan yo‘qolib ketadi. 
Provizor organlarga sariqlik haltasi trofoblast, amnion, seroz parda allantois, 
xarion, yo‘ldosh, kindik ipi kiradi (66-67-rasmlar).
66-rasm. Har xil sut emizuvchilarda embrional va vaqtinchalik organlar nisbati. 
(B.I.Balinskiy, 1965 bo‘yicha) 
A-loyho‘rak; B- uchar ko‘rshapalak; V-Odam;G- ko‘rshapalak 
amn.p- amnion bo‘shlig‘I; all- allantios; j. m- sariqlik xaltasi; es- ekzoselom. 


134 
67- rasm. Sutemizuvchilar embrioni va vaqtinchalik organlar (B.I.Balinskiy, 1965 
bo‘yicha). 
All-allantios; amn.p- amnion boshlig‘i amnion qobig‘i; j.m- sariqlik haltasi; x-
xarion; v- xarion vorsinkasi; vn. Mez caqtinchalik mezoderm; es- eksoselom.
Sariqlik xaltasi
. Tuxumning sariqlik xaltasi ektodermadan hosil bo‘lib 
sariqlik moddasini o‘rab turadi. Sariqlik haltasining tashqi tomoni mezinxima 
hujayralari bilan qoplangan bo‘ladi. .mezenxima haltasining ustida tomirlar paydo 
bo‘lishiga olib keladi va ular orqali organilarga oziq moddalarni o‘tkazadi. 
Embrion keyinchalik sariqlik moddasidan ajralib,ichakning o‘rta qismidagi 
ingichka sariq yo‘lcha orqali sariqlik haltasi bilan aloqada bo‘ladi. Ba‘zi 
ma‘lumotlarga qaraganda, sariqlik xaltasi embrioning provizor organi 
hisoblanmaydi. Ammo u faqat xalta bo‘lmay,balki boshqa provizor organlar kabi 
embrionning hayoti jarayonlarning normal o‘tishiga yodam beradi. Embrion 
rivojlanishining dastlabki davrlarida sariqlik xaltasi embrioning nafas olish va
oziqlanishda qisqa vaqt ishtirok etadi. Sariqlik xaltasi devorining hujayralari
sariqlik moddasining birlamchi qayta ishlanib , keyin sarflanadi. 
Sariqlik xaltasining devoridagi visceral mezoderma 7-8 hafta davomida 
embrionni qon bilan ta‘minlashda ishtirok etadi. Qushlarda sariqlik xaltasining
devoridan birlamchi qon hosil qiluvchi hujayralar, undan qon hujayralari va qon 
tomirlar devor paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng sariqlik xaltasi atrofiyaga uchraydi. 
Sut emizuvchilar tuxumida sariqlik modddasi bo‘lmaydi. Sariqlik xaltasi
ularning ajdodlari - sudralib yuruvchilardan meros bo‘lib qolgan . 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin