Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Anamniyalardan amniotalarning kelib chiqishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 Anamniyalardan amniotalarning kelib chiqishi.
Evolyusiya jarayonida 
ba‘zi amfibiyalarda, ayniqsa dumsiz amfibiyalarda lichinkasiz taraqqiyot paydo 
bo‘lgan. Ularda Amnion allantios paydo bo‘lmaydi. Amnion va allantios sudralib 
yuruvchilarda hosil bbo‘ladi. Chunki ularning rivjolanishida metomorfoz yo‘li 
bilan taraqqiy etish uchramaydi. Evolyusiya jarayonidahayvonlartaraqqiyotining 
yo‘nalishini o‘zgartirib . tuxumini quruqlikda qo‘yish orqali rivojlanish 
o‘zgartirib, tuxumini quruqlikda qo‘yish orqali rivojlanish yuksak umurtqali 
hayvonlarning yer yuzida keng tarqalishiga olib keladi. Amfibiyalar turli muhutga 
yashashga moslashgan ammo ular terisi yalong‘och, Shillimshiq modda bilan 
qoplangan bo‘lib, nafas olishda ishtirok etadi. chunki ularning o‘pkasi 
organizimning kislorodga bo‘lgan talabini qondira olmaydi. Terisining yalang‘och 
bo‘lishi organizimning qurib qolishdan yashay olmaydi. Shuning uchun ular nam 
va suvga yaqin joylarda yashashga moslashgan. 
Qurbaqalarning hayoti asosan quruqlikda o‘tadi ularni hatto cho‘llarda ham 
uchratish munkin. Ammo qurbaqalarning ham ko‘‘payish va rivojlaniish jarayoni 
suvda o‘tadi shuning uchun qurbaqalar bahorda suvga yaqin joylarda yashaydi.
O‘zbekistonda keng tarqalgak ko‘k qurbaqaning itbalig‘50-60 kundan keyin 
qurbaqa shakilga ega bo‘ ladi. Uning dumi bir kunda yo‘qoladi va nafas olish 
usuli o‘zgarib, o‘pka orqali nafas oladi. Shunday qilib, o‘tho‘r itbaliqdan 
yirtqichlik bilan oziqlanadigan qurbaqa poydo bo‘ladi 
Ammo amfibiyalarning ba‘zi turlari boshqa usullar bilan ham rivojlanadi.
Masalan, gvineya baqasining tuxumi ancha yirik, terisimon po‘st bilan qoplangan 


136 
bo‘lib, ular tuxumini har xil chuqurlikka qo‘yishadi. Tuxumdan chiqqan yosh 
individ itbaliq bo‘lmay, balki jinsiy voyaga yetgan individning shakliga 
o‘xshaydi. Bunday shakilda bo‘lishning sababi ularning metomorfoz davri
tuxumning ichida o'tishidir. 
Sudralib yuruvchilar muhut sharoitiga amfibiyalarga nisbatan yaxshiroq 
moslashgan bo‘lib, ularning tabiatda keng tarqalganligi buning isboti hisoblanadi. 
Amfibiyalar va repteliyalarning bir biridan farqini ularning rivojlanish davrlarida 
ko‘rish munkin. Amfibiyalar rivojlanishi embrion va lichinkalik davrlaridan, 
repteliyalar esa embrion, homila oldi va homila davrlaridan iborat. 
Evolyusiya jarayonida amniolik tuxumlar paydo bo‘lishining zarurligi haqida 
bir necha giptezalar bor. Romer (1`957) fikricha, amniotic tuxumlar repteliyalar 
quruqlikkka chiqishdan ancha oldin paydo bo‘lgan va bu qurg‘oqchilik bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Qurg‘oqchilk sharoitida tuxumning tuxumning po‘chog‘I qurub 
qolishdan va zaxarlanishdan himoya qiluvchi vosita sifatida poyda bo‘lgan 
evolyusiyaning maxsulidir. Tixen (1960) amniolik tuxumning kelib chiqishini 
qurg‘oqchilik yoki quruqlikka chiqishi bilan bog‘lanishini noto‘g‘ri deb 
hisoblaydi. Uning fikricha isboti sifatida suv ko‘p va doimiy tuxum qo‘yishini
keltiradi. 
Amniolik tuxumning qanday poyda bo‘lganligidan qa‘tiy nazar , uning paydo 
bo‘lishi repteliyalardan qushlar va sut emuzuvchilar kelib chiqqishga asos bo‘ldi.
Evolyusiya jarayonida sutemizuvchilar taraqqiyoti asta sekin murakkablashib 
borgan Sutemizuvchilardan o‘rdakburun, exidina. Proexidininaning taraqiyoti
qushlar va sudralib yuruvchilarning taraqqiyoti kabi tuxum qo‘yish yo‘li bilan 
boradi.
Sut emizuvchilarning bundan keyingi davri evolyusion taraqqiyoti
qopchiqlar vakillaridan kelib chiqishi bilan bog‘liq. Qopchiqlardan verginskiy 
opposumining homiladorligi 12-kun, kalta dumli kengurida esa 27 kun davom 
etadi Bo‘yi 3m keladigan kenguruning yangi tug‘ulgan bo‘lasi yong‘oqdek 
kattalikda bo‘lib, juda nochor bo‘ladi. Amerika opposumi 57 kundan keyin 
bolasini sutdan chiqarib,qopchiqdqn tashqariga chiqaradi. Bu vaqtda bolasining 
kattaligi uy sichqonida bo‘ladi. Qopchiqlilarning tuxumida sariqlik moddasi 
kamligi va allantosning juda kichikligi uchun embrion bachadonda qisqa vaqt 
ichida rivojlanadi. 
Yo‘ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyusiya davrida
ularning jinsiy organlarida ba‘zi o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Ularning ko‘p nasl 
beradigan vakillarida ikki shoxli bachadon paydo bo‘lgan.
Bunday sodda bachadon qopchiqlilar uchun ham xosdir. Bir shoxli bachadon 
sutemizuvchilarning. Faqat 3 turkumi : yalqovlar,ko‘rshapalaklar va pirimatlar, 
jumladan, odamda bo‘ladi . 
Qopchiqlilar va yo‘ldoshlilarning rivojlanish usullari ham bir biridan farq 
qiladi. Yo‘ldoshli sutemizuvchilarning embrioni dastlabki kunlarda trofoblast 
hosil qiladi. Bu vaqtinchalik organ embrionni oziqlantirishdan tashqari. Uni o‘ 
rab turuvchi qobiq vazifasini bajaradi. Qopchiqlilarda esa tuxumning o‘zida qobiq 
paydo bo‘ladi. Bundan tashqari , tuxumda oqsilli oziq modda ham mavjud.
Qopchiqlilar va yo‘ldoshlilar embrion rivojlanishning dastlabki davrining farqi 


137 
shundaki, qopchiqlilarda maydalanish bachadonda boshlansa, yo‘ldoshlilarda 
bular yon tuxum yo‘llarida boshlanadi. Tuxum yo‘llarida embrion bezli 
hujayralaridan ishlab chiqarilgan secret bilan oziqlanadi. Embrionda 8 ta 
blastomer hosil bo‘lgandan keyin ularning 4tasi embrionning atrofida joylashib, 
trofobblastlarga aylanadi.va oziq moddalarni embrionga etkazib beradi. Trofoblast 
grekcha trope- boqish, blast-kurtak ya‘ni embrionnni oziqlantiruvchi hujayra 
degan ma‘noni anglatadi. 
Yo‘ldoshlilarda uchlamchi qobiqning yo‘qolishi tuxum yo‘llari vazifasinin
ma‘lum darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda 
tuxum yo‘llari tuxumining uchlamchi qobig‘ini ishlab chiqarish vazifasini 
bajaradi. Uchlamchi qobiq tarkibidagi oqsil , yupqa pergamentsimon va 
ohachsimon moddalar kiradi. Sut emizuvchilarda esa tuxum yo‘larining bezlari 
rivojlanoyotgan embrioniga oziq modda ishlab chiqarib beradi. Ana shu oziq 
moddalarni embrioniga yetkazib berish uchun trofoblastlar ertaroq hosil bo‘ladi.
Tipratikanlarda trofoblastlar embrionnig 16 blastomerlik davrida, amerikada 
yashaydigan sakrov chi kemuruvchida esa 4 blastomerlik davrida hosil bo‘ladi.
Shunday qilib , evolyusiya jaroyonida anamiyalardan amniotalr paydo bo‘lishi 
ayrim embironal moslamalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin