Bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan,
ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan
buyumdir.
Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga)
va qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi,
muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol
buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir
narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Tovar qiymatining miqdori
Tovar qiymatining miqdori
ijtimoiy-zaruriy ish vaqti
orqali hisoblanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish
sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi
darajasi
o‘rtacha bo‘lgan
sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish
uchun zarur
bo‘lgan
ish vaqtidir.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy
konsepsiyalari mavjud
bo‘lib
, ular orasida ratsionalistik
va evolyusion konsepsiyalar muhim
o‘rin
tutadi.
Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini
kishilar
o‘rtasidagi
bitim, kelishuv natijasi sifatida
izohlaydi.
Pulning mohiyatini
to‘laroq
tushunish uchun uning quyidagi
asosiy vazifalarini
ko‘rib
chiqamiz: 1) qiymat
o‘lchovi
; 2)
muomala vositasi; 3) boylik
to‘plash
vositasi; 4)
to‘lov
vositasi.
|