Marketing axboroti tizimi – dolzarb, o’z vaqtida va aniq axborotlarni yig’ish,
turkumlashtirish, tahlil etish, baholash va tarqatish uchun mo’ljallangan, insonlar,
uskunalar va uslubiy yo’llar o’zaro aloqasining doimiy faoliyat yurituvchi tizimidir.
Ushbu axborot, marketing sohasi boshqaruvi tomonidan, rejalashtirishni
takomillashtirish, marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish va ulardan foydalanish
ustidan nazorat o’rnatish maqsadida foydalaniladi. Marketing tadqiqotlari - bozorda
o’z tovarlarini yaxshiroq o’tkazish maqsadida tovar
va xizmatlar bozori, talab va taklif,
iste’molchilar xulqi, bozor kon’yunkturasi va narxlar dinamikasini o’rganishdir.
Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil, o’xshatishlar usuli va prognozlashdan
foydalaniladi. Marketing axborotlari kompaniyaga: -moliyaviy tavakkalchilikni va
firma obro’si uchun xavfni pasaytirish; -raqobat ustunliklariga ega bo’lish; -marketing
muhitini kuzatish; -strategiyani muvofiqlashtirish; -faoliyat samaradorligini baholash; -
menejerlar sezgirligini oshirish imkonini beradi. Marketing axboroti tizimining
ahamiyatini alohida qayd etish maqsadida axborot ta’minotining kontseptsiyasini
keltirish maqsadga muvofiq . Marketing tadqiqotlari – xalqaro faoliyat bilan
shug’ullanuvchi firma oldida turgan marketing vaziyati munosabati bilan, lozim
bo’lgan ma’lumotlar doirasini tizimli tarzda
aniqlash, ularni yig’ish, tahlil etish va
natijalari to’g’risida hisobot berishdir. Firma marketing tadqiqotlarini o’z kuchi
(marketing bo’limi) yoki ixtisoslashgan milliy va xalqaro tashkilotlar
yordami bilan
amalga oshiradi. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilar: -bozor
tavsiflarini o’rganish; -bozorning potenstial imkoniyatlarini hisoblash; -firmalar
o’rtasida bozor ulushlari taqsimotining tahlili; -savdo tahlili; -ishbilarmonlikning
faollik tendentsiyalarini o’rganish; -raqobatdoshlar tovarlarini o’rganish; -qisqa
muddatli prognozlash; -yangi tovarga bo’lgan ta’sirni o’rganish va uning hajmini
bilish; -uzoq muddatli prognozlash; -narxlar siyosatini o’rganish
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli raqobat strategiyalari bozor
dinamikasini chuqur anglash, samarali differentsiatsiya, mahalliy madaniyatlarga
moslashish, strategik ittifoqlar va kuchli global brend imidjiga asoslanadi. Ushbu
omillarni sinchkovlik bilan hisobga olgan holda, tashkilotlar
global bozorda
muvaffaqiyat qozonish uchun o'zlarini joylashtirishlari mumkin.
Xarajatlar yetakchiligi: Ba'zi hollarda xarajatlar bo'yicha yetakchilik strategiyasi
xalqaro bozorlarda, ayniqsa narxga sezgir segmentlarda samarali bo'lishi mumkin.
Masshtab iqtisodidan, samarali operatsiyalardan va tejamkor
manbalardan foydalanish
raqobatdosh ustunlikni yaratishi mumkin
Gazeta va jurnallar .“Marketing” jurnali. –T.: 2007-2009 yillar .«O’zbekiston iqtisodiy
axborotnomasi» jurnal. –T.: 2007-2009 yillar
.«Bozor, pul va kredit» jurnal. –T.: 2007-2009 yillar .«Xalq so’zi» gazeta. –T.: 2007-
2009 yillar XII. Statistika to’plamlari ma’lumotlari 35.O’zbekistonning 2008 yildagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlari. –T.: O’zbekiston, 2009. XIII. Internet
saytlari. 36.www.gov.uz–O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali
37.www.press-service.uz–O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
rasmiy sayti 38.www.mfer.uz–O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiya va savdo Vazirligining rasmiy sayti
.www.UzA.Uz–O’zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti
.www.review.uz – “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining rasmiy sayti
.www.cer.uz – Iqtisodiy tadqiqotlar
Markazining rasmiy sayti
.www.uzreport.com – biznes axborotlari portali
.www.eurasianews.com – EvroOsiyo tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti
.www.vip.lenta.ru – Internet nashriyoti
.www.InternetNews.com – yangiliklar
server