O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
2-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-04-guruh talabasi A’zamov Davronbek
Salim o’g’lining “Tibbiy va biologik fizika” fanidan “Eshitish sezgisining
xarakteristikalari. Tovushni o`lchash”
mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: o’qituvchining Ibragimova Muyassar Nazaraliyevna
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………
3
Tovush nima? ……………………………………………………………….. 6
Tovushni fizik xarakteristikasi …………………………………………….. 8
Tovushni o’lchash …………………………………………………………... 12
Xulosa ………………………………………………………………………… 18
Mavzu bo’yicha test savollari……………….………………………………. 18
Glossari ……………………………………………………………………… 20
Qisqartma so’zlar……………………………………………………….…… 20
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………. 21
Kirish
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul
qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish
analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush signallari
parametrini aks ettiruvchi Eshitish sezgisi paydo boʻladi; buning natijasida tovush
tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning
eshitish xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush
signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq. Evolyutsiya jarayonida eshitish
sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo boʻlgan.
Eshitish sutemizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi
eshitish yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar
oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga
oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni
bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni
tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil
boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq
chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal
amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida
tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish
retseptorlardan eshitish nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan
bioelektr potensiallar eshitish sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. Eshitish
signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa
oʻtkazilishi mumkin.
Eshitish sezgirligi eshitishning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu
chegara tovushning eshitish mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db)
hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni
eshitish egri chizigʻi, gers (Hz) yoki kilogers (kHz) bilan ifodalanadi. Odam 10—20
Hz dan 20 kHz gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 Hz dan past
tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda eshitishning
eng quyi chegarasi 1—3 kHz chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush
toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam
chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas,
hasharotlar 0,2 kHz — 500 kHz, baliqlar 50—100 Hz — 3—5 kHz, delfinlar 100
Hz —200 kHz) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning eshitish sezgirligi
sudralib
yuruvchilarnikidan,
sutemizuvchilarniki
qushlar
va
sudralib
yuruvchilarnikidan yuqori boʻladi.
Odamning
normal qulog’i yetarlicha keng diapazondagi tovush
intensivliklarini qabul qiladi: masalan, 1 kHz chastotada, Io=10 –12 Vt/m2 yoki
P0=2·10–5 Pa (eshitish bo’sag’asi)dan to Imax=10 Vt/m2 yoki Pmax=60 Pa (og’riq
sezish bo’sag’asi)gacha bo’lgan tovush intensivliklarini qabul qila oladi. Bu
intensivliklarning nisbati 10 ga teng, shu sababli tovush intensivliklarni
xarakterlashda logarifmik birliklardan va logarifmik shkalalardan foydalanish qulay
hisoblanadi. Tovush intensivligi darajalarining shkalasi quyidagi ko’rinishda
tuziladi. I0 ning qiymati shkalaning boshlang’ich darajasi qilib, boshqa har qanday
I intensivlikni esa uning I0 ga nisbatining o’nli logrifmi orqali ifodalanidi.
Tovushni farqlash imkoniyati differensial chegara, yaʼni eshitish mumkin
boʻlgan tovush oʻzgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi) bilan
belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differensial chegarasi (oʻrtacha diapazonda)
intensivlik boʻyicha 0,3—0,7 db, chastota boʻyicha 2— 8 Hz ga teng. Tovush
signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning differensial
chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa ohanglarini
qabul qilishda ham namoyon boʻladi. Odamni musiqa ohanglari absolyut
balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut eshitish deyiladi. Boshqa begona
tovushlar taʼsirida tovushni qabul qilish xususiyati yomonlashuvi, hatto butunlay
yoʻqolishi mumkin (niqoblanish hodisasi). Kuchli tovushlar uzoq vaqt davomida
taʼsir etganida eshitish sezgirligi pasayadi (fiziologik adaptatsiya). Eshitish
sistemasi ikkala simmetrik joylashgan qismlarining oʻzaro taʼsiri tovush manbaini
aniqlashga imkon beradi (binaural effekt). Bir qancha hayvonlar (koʻrshapalaklar,
delfinlar, ayrim qushlar) obʼyektlarning fazoda joylashgan oʻrni, shakli, oʻlchamini
aniqlashga imkon beradigan maxsus eshitish sistemasi — exolokatsiya xususiyatiga
ega. Ular oʻzlari chiqargan va obʼyektdan qaytadigan signallarni qabul qilishadi.
Eshitishning fiziologik mexanizmlari uzilkesil hal etilmagan.
Akustika — eng past chastotali tebranishlardan boshlab o‘ta yuqori (1012-10
23 Gs) chastotali elastik tebranishlar va to‘lqinlarni o‘rganuvchi fizikaning bir
bo’limidir. Hozirgi zamon akustikasi keng doiradagi masalalarni qamrab olib, bir
necha bo‘limlarga ajraladi: fizik akustika - turli xil muhitlarda elastik to‘lqinlarning
tarqalish xususiyatlarini o‘rganuvchi akustika, fiziologik akustika — odam va
hayvonlarning tovush qabul qilish va eshitish organlarining tuzilishi hamda ishlash
prinsiplarini o‘rganuvchi va boshqa bo‘limlardan iborat. Tor ma’noda akustika bu
tovush haqidagi, ya’ni odam qulog‘i qabul qila oladigan (16 Gs dan 20 000 Gs gacha
gazlar, suyuqlik va qattiq jismlardagi elastik tebranishlar va to‘lqinlar haqidagi
ta’limotdir.
Tovush vibratsiya bo’layotgan jism tomonidan chiqariladigan mexanik
to’lqindir. Masalan, kamerton yoki inson tovush paylari tebranma harakat qilsa,
ularning atrofidagi havo molekulalari harakatlanib, tebranayotgan jism harakatiga
monand ravishda o’zgaradi. Tebranayotgan molekulalar o’z navbatida harakatini
qo’shni molekulalarga uzatadi. Havo tebranishlari quloqqa yetib borganida ular
nog’ora pardaning vibratsiyasiga sababchi bo’ladi.Bu esa o’z navbatida bosh miyasi
tomonidan qabul qilinuvchi nerv impulslarini keltirib chiqaradi
Tovush (fizikada) — keng maʼnoda gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda
toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor
maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilish
eshitish hodisasi. Fizikaning tovush hodisalarini o’rganadigan bo’limi akustika,
qulog’imiz tovush sifatida qabul qila oladigan tebranishlarni akustik tebranishlar deb
yuritiladi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan tovushlar bor. Chastotasi 16 Gs — 20
kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi
16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Infra, ultra va
gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi tovush toʻlqini
faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama,
ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 0,34 km/s,
suyuqlikda 152 km/s, qattiq jismda 506 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.Insonlar
qabul qilgan Tovushlarni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Ana shu har bir subyektiv bahoga tovush toʻlqinining aniq fizik
xarakteristikasi mos keladi.Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas,
balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning
yigʻindisidan iborat. Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari
toʻplami Tovushning akustik spektri debataladi. Agar tovushda maʼlum intervaldagi
barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr
deyiladi. Agar tovush bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret
chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chiziqli spektr deyiladi.
Agar havoda tarqalayotgan elastik to’lqinlarning chastotasi taxminan 20 dan
20000 Hz oralig’ida bo’lsa, u holda ular inson qulog’ida tovush sezgisini uyg’otadi.
Shuning uchun chastotasi ana shu ko’rsatilgan chegarada yotgan istalgan muhitdagi
elastik to’lqinlar tovush to’lqinlari yoki to’g’ridan – to’g’ri tovush deb ataladi.
Chastotasi 20 Hz dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlar infratovush deb ataladi:
chastotasi 20000 Hz dan katta bo’lgan to’lqinlar ultratovush deyiladi. Infratovush va
ultratovushni inson qulog’i eshitmaydi. Gaz va suyuqliklarda tovush to’lqini faqat
bo’ylama to’lqin bo’lishi mumkin va galma-gal keluvchi siqilish va
siyraklashishlardan iborat bo’ladi. Qattiq jismlarda tarqalayotgan to’lqinlar ham
bo’ylama, ham ko’ndalang bo’lishi mumkin. Odamlar qabul qilgan tovushlarni
balandligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir
sub'ektiv bahoga tovush to’lqinining aniq fizikaviy xarakteristikasi mos keladi. Har
qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum chastotalar
to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat. Berilgan
tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning akustik
spektri deb ataladi.
Tovush tebranishlari va to‘lqinlari — mexanik tebranish va to ‘lqinlarning
xususiy holidir. Biroq eshituv orqali sezishni baholashda akustik tushunchalaming
muhimligini, shu bilan birga uning meditsinadagi tatbiqlarini nazarda tutib, ayrim
masalalarni maxsus ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Quyidagi tovushlami bir-
biridan farqlash qabul qilingan: 1) tonlar yoki musiqiy tovushlar; 2) shovqinlar; 3)
tovush zarbalari.
Davriy jarayondan iborat bo'lgan tovush ton deb aytiladi. Agar bu jarayon
garmonik bo‘lsa, unda tok oddiy yoki sof deb aytiladi, unga mos yassi tovush
to‘lqini esa tenglama yordamida ifodalanadi. Sof tonning asosiy fizik
xarakteristikasi uning chastotasidir. Angarmonik* tebranishlarga murakkab ton mos
keladi. Sodda tonli tovushni, masalan, kamerton chiqaradi, murakkab tonli tovushni
musiqa asboblari, nutq apparati (unli tovushlar) va hokazolar hosil qiladi. Murakkab
ton oddiy tonlarga ajratilishi mumkin. Ajratilgan tonlaming eng kichik vQ
chastotasi asosiy tonga mos keladi, qolgan garmonikalar (obertonlar), 2v0 va 2y0
hokazo chastotalarga ega bo‘ladi. Nisbiy intensivliklarini ko‘rsatuvchi chastotalar
to‘plamini (amplitudaning) akustik spektr deyiladi. Murakkab ton spektri
chiziqlidir; rasmda royalda (a) va klametda (b) olingan ayni bir xil notaning у =
100 Gs akustik spektri ko'rsatilgan. Shunday qilib, akustik spektr— murakkab
tonning muhim fizik xarakteristikasi ekan.
Tonlami eshitganda, odam ulami balandliklari bo'yicha farqlaydi. Balandlik
dastavval asosiy ton chastotasi bilan shartlangan tovushning subyektiv
xarakteristikasidir. Balandlik tonning murakkabligi va intensivligiga juda kam
darajada bogiiq: intensivligi katta boigan tovush birmuncha past tonli tovushga
o'xshab eshitiladi.
Vaqt o’tishi bilan takrorlanmaydigan, o’zining murakkabligi bilan farq qiluvchi
tovushga shovqin deb aytiladi. Mashinalarning vibratsiyasi, qarsaklar, gorelka
alangasinig shovqini, sharpa, g’ichillash, so’zlaganda chiqadigan undosh tovushlar
va hakazolar shovqinga ta'luqlidir.
Agar havoda tarqalayotgan elastik to‘lqinlarning chastotasi taxminan 16 Hz dan
20000 Hz oralig‘ida bo‘lsa, u holda ular inson qulog‘ida tovush sezgisini uyg‘otadi.
Shuning uchun chastotasi ana shu ko‘rsatilgan chegarada yotgan istalgan muhitdagi
elastik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovush deb ataladi.
Chastotasi 20 Hz dan kichik bo‘lgan elastik to‘lqinlar infratovush deb ataladi:
chastotasi 20000 Hz dan katta bo‘lgan to‘lqinlar ultratovush deyiladi. Infratovush
va ultratovushni inson qulog‘i eshitmaydi.
Gaz va suyuqliklarda tovush to‘lqini faqat bo‘ylama to‘lqin bo‘lishi mumkin
va galma-gal keluvchi siqilish va siyraklashishlardan iborat bo‘ladi. Qattiq
jismlarda tarqalayotgan to‘lqinlar ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang bo‘lishi mumkin.
Tovushning fizik xarakteristikasiga chastota, tezlik, to’lqin uzunlik,
amplituda va shu kabi kattaliklar kiradi.
Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum
chastotalar to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat.
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning
akustik spektri deb ataladi.
Tovushning muhitda tarqalishi tezligi muhitning zichligiga va uning
temperaturasiga bog’liq. Agar muhit temperaturasi 10C ga ko’tarilsa, tovushning
tarqalish tezligi tahminan 0,5 m/s tezlikga ortadi. Tovushning havoda yutilishini
hisoblash shuni ko‘rsatadiki, 20°C temperaturada chastotasi 1000 Hz bo‘lgan
to‘lqin taxminan 115 km masofada e marta susayadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik
hisobga olinganda bu masofa 81 km gacha qisqaradi. Lekin amalda tovush
atmosferada bunga qaraganda anacha tez susayadi. Buning sababi shuki, shamol,
havoning temperaturasi va namligi, har xil zichlikka ega bo‘lgan qatlamlarning
borligi tovushning tarqalishiga ta'sir qiladi. Bir jinsli muhitda nuqtaviy manbadan
tarqalayotgan sferik to‘lqin hamma yo’nalishlarda bir xil tezlikka ega bo‘lishi kerak.
Lekin shamol esayotgan bo‘lsa, uning tezligi bilan to‘lqin tezligi o‘zaro geometrik
tarzda qo‘shiladi. Yer sirtida ishqalanish bo‘lishi tufayli shamolning yer sirti
yonidagi tezligi kichik bo‘lib, balandlik ortishi bilan kattalashib borgani sababli,
to‘lqin frontining ayrim qismlari yerga nisbatan har xil tezlik bilan harakatlanib,
tovush to‘lqinlarining sinishi kuzatiladi.
Ko‘pchilik tovush manbalari past chastotadagi (infratovush) to‘lqinlarni
tarqatadi. Portlashlar, dvigatel shovqini, shamol va boshqalar ana shunday
manbalarga misol bo‘la oladi. Mazkur to’lqinlar chastotasi past bo‘lganidan, ular
uzoq masofalargacha yetib borishi mumkin. Havodagi yadro portlashlarini qayd
qilishda mazkur to‘lqinlarning ana shu xususiyatidan foydalaniladi. 50–70 km
balandlikda atmosferada ozon qatlami bo‘lib, mazkur qatlam issiqliq nurlanishini
juda kuchli yutadi, natijada uning temperaturasi (50–70°C) keskin ortadi. Kuchli
portlashning tovushi mazkur qatlamga yetib borgach, undan qaytib, yer sirtiga
qaytib keladi. yer sirti bo‘ylab tarqalayotgan tovush sirtning g‘adir–budurliklari
hamda havoning turbulent oqimi tufayli vujudga keladigan zichlikning
notekisliklarida sochilib, juda tez so‘nadi. Shuning uchun portlash manbai atrofida
tovush yaxshi eshitiladigan sohalar bilan tovush eshitilmaydigan sohalar
navbatlashib keladi.
Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum
chastotalar to’plamiga ega bo’lgan garmonik tebranishlarning yig’indisidan iborat.
Berilgan tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to’plami tovushning
akustik spektri deb ataladi. Amplituda-chastotaviy bog’lanishning spektral
ko‟rinishi Tovush to’lqinlarining intensivligi deb to’lqin o’zi bilan olib yurgan
energiya oqimi zichligining o’rtacha qiymatiga aytiladi. To’lqin tovush sezgisini
uyg’otish uchun eshitish chegarasi deb ataluvchi biror minimal intensivlikka ega
bo’lishi kerak. Eshitish chegarasi hammada har xil bo’lib, tovushning chastotasiga
bog’liq. Odam qulog’i 1000- 4000 Hz orasidagi chastotali tovushlarga juda sezgir
bo’ladi. Chastotaning bu sohasida eshitish chegarasi taxminan 10-9 erg/sm2 sek ga
teng. Boshqa chastotalarda eshitish chegarasi yuqoriroq bo’ladi.
Tebranishlar chastotasini quloq tovush balandligi sifatida baholaydi.
Tebranishlar chastotasi qancha katta bo'lsa, tovush shuncha baland bo’libeshitiladi.
Tovushning balandligi tovush kuchiga ham bog'liq. anumo bu bog lanish birmuncha
kam darajadadir (kuchliroq tovush pastroq bo’lib eshitiladi), amalda bu bog'lanish
hisobga olinmaydi va tovushning balandligi fagat tebranishlar chastotasiga bog 'liq
deb olinadi. Tovushningbalandligini baholash uchun quloqqa eshitiladigan
toyushlarning hamma diapozoni okiavalar deb ataladigan intervallarga bo'linadi.
Oktava ton yuksakligining shunday intervaliki, bunda chekka chastotalarning
nisbatiikkiga teng bo'ladi:
Tovush tembri deyarli spektral tarkibi bilangina aniqlanadi.
Qattiqlik — tovushning yana bir subyektiv bahosi bo'lib, u eshituv sezgisi
darajasini xarakterlaydi. Subyektivligiga qaramasdan tovushning qattiqligini ikki
manbadan chiqayotgan tovushning eshituv sezgisiga ko‘rsatadigan ta’sirlarini
taqqoslash yo'li bilan miqdoriy jihatdan baholash mumkin. Tovush qattiqligi
darajalari shkalasini tuzish asosida Veber-Fexnerningmuhim psixofizik qonuni
yotadi. Bu qonunga muvofiq agar ta ’sirot (qitiqlanish, g‘azablanish) geometrik
progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil son marta) orttirib borilsa, u holda bu ta’sirotning
sezilishi arifmetik progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil miqdorda) o‘sib boradi. Bu
qonunni tovushga tatbiq etsak, tovush intensivligi qator ketma-ket qiymatlarga ega
bo'lganda, masalan, atI0, a2I0, a^ /0 (a — biror koeffitsiyent, a > 1) ularga mos
tovush qattiqligining sezilishlari E0, 2E0, 3E 0 va hokazo bo'ladi. Buning matematik
mazmuni tovushning qattiqligi shu tovush intensivligining logarifmiga proporsional
demakdir. Agar intensivliklari / va 10 bo'lgan (I0 — eshituv bo'sag'si) ikki tovush
ta’sir qilayotgan bo'lsa, Veber-Fexner qonuniga binoan biror tovushning qattiqligi
unga nisbatan intensivlik bilan quyidagicha bog'langan:
E = k lg(/ / /(,) (8.3)
bu yerda к — proporsionallik koeffitsiyenti bo'lib, u chastota va intensivlikka
bog'liq.
Tovush intensivligi shkalasidan farq qilishi uchun tovush qattiqligi shkalasida
detsibellar fonlar (fon) deb aytiladi.
Boshqa chastotalarda tovush qattiqligini o‘lchash uchun tekshiriladigan
tovushni chastotasi 1 kGs bo‘lgan tovush bilan taqqoslash lozim. Buning uchun
tovush generatori yordam ida 1 kGs chastotali tovush hosil qilinadi. Bunda hosil b
o ig an eshituv sezgisi tekshiriladigan tovush qattiqligi hosil qilgan eshituv sezgisiga
mos bo‘lguncha tovush intensivligi o'zgartirib boriladi. Asbob yordam ida
detsibellarda o‘lchangan 1 kGs chastotali tovushning intensivligi shu tovushning
fonlarda ifodalangan qattiqligiga teng bo‘ladi.
Turli xil chastotalarda tovush intensivligi va qattiqligi orasidagi moslikni
topish uchun qattiqlik qiymati teng bo‘lgan egri chiziqlardan foydalaniladi (8.4-
rasm). Bu egri chiziqlar yuqorida bayon qilingan usul asosida eshituv qobiliyati
normal boigan odamlardan olingan o‘rtacha ma’lumotlar asoida qurilgan.
Pastki egri chiziq eng kuchsiz eshitilayotgan tovushlar intensivligi
eshituvchanlik bo‘sag‘asiga mos keladi. Bunda hamma chastotalar uchun £= 0,1 kGs
chastotali tovush intensivligi / 0 = \pV t\m 2 Keltirilgan egri chiziqlardan ko‘rinib
turibdiki, odamning o‘rtacha qulog‘i normal holda 2500-3000 Gs chastotalarda
yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lar ekan. Har bir oraliq egri chiziqlari bir xil tovush
qattiqligiga, lekin turli chastotalarda turli xil intensivliklarga ega boiadi. Qattiqliklari
bir xil boigan alohida egri chiziqlardan tovush chastotalarining muayyan bir
qiymatida xuddi shunday qattiqlik hosil qiluvchi tovush intensivligini aniqlash
mumkin. Bir xil tovush qattiqligini ifodalovchi egri chiziqlar to‘plamidan
foydalanib, turli xil chastotalardagi tovush qattiqligiga mos keluvchi m a’lum
intensivlikdagi tovushni topish mumkin.
Masalan: chastotasi 100 Gs boigan tovush intensivligi 60 dB ga teng. Bu
tovushning qattiqligi nimaga teng? Buning uchun 8.2- rasmdan koordinatlari 100
Gs va 60 dB ga teng boigan nuqtani topamiz. Bu nuqta egri chiziqning qattiqlik
darajasi 30 fonga teng boigan nuqtasida yotadi. Demak, tovush qattiqligi 30 fon
ekan. Turlicha xarakterli tovushlar to‘g‘risida ma’lum bir fikrga ega boiish uchun
ularning fizik xarakteristikalarini keltiramiz (10-jadval).
Eshitish o‘tkirligini aniqlash usuliga audiometriya deyiladi.
Audiometriyada maxsus asbob audiometr yordamida turli xil chastotalarda
eshitish sezgisi bo‘sag‘asi aniqlanadi; olingan egri chiziq audiogramma deyiladi.
Bemor odam audiogrammasini normal eshituv sezgisi bo‘sag‘asining egri chizig‘i
bilan solishtirish eshituv a’zolari kasalliklariga diagnoz qo‘yishga yordam beradi.
Shovqin qattiqlik darajasini obyektiv olchash uchun shumomer qollaniladi.
Shumomeming xossalari odam qulog‘ining xossalariga yaqinlashadi buning uchun
qattiqlik darajasining turli diapazonlari uchun to‘g‘rilovchi elektr filtrlardan
foydalaniladi.
Audiometriya (lot. audio – eshitaman va ... metriya-o’lchash), audiometriya –
eshitish oʻtkirligi (yaxshi eshitish)ni oʻlchash. Eshitish oʻtkirligi, asosan, tovushni
qabul qilish boʻsagʻasi bilan aniqlangani uchun A. inson qulogʻi qabul qiladigan eng
past tovush kuchini aniqlashdan iborat boʻladi. A.ning eng oddiy usuli har xil
masofada turgan inson tovushi yoki kamertonning turli balandlikdagi tovushlarini
qabul qilish hisoblanadi. A., asosan, maxsus elektr akustik asboblar – audiometrlar
bilan amalga oshiriladi. Audiometrlarda tovush balandligi (100 dan 8000 gs gacha)
va kuchi (0 dan 125 db gacha) oʻzgartirilib, tovush xiyol eshitiladigan holga (eshitish
boʻsagʻasiga) keltiriladi. A. natijalari audiogramma (egri chiziq) tarzida yozib
olinadi.
Bulardan tubdan farq qiluvchi yana bir usul perkussiya usuli bo’lib. bunda
tananing turli qismlariga urib ko rishda chiqayotgan tovush eshitib ko’riladi. Tana
sirti bo'ylab urib korilganda tebranishlarning keng diapazondagi chastotasi hosil bo
ladi. Bu diapozondagi ayrim tebranishlar tez so nadi, ba'zilari esa rezonans tufayli
kuchayib ketishi mumkin, hamda eshitivchan bo lib goladi. Tajribali shifokor
perkussiya tovushlarni toniga qarab ichki a'zolari holatini va topografiyasini
aniqlaydi.
Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri auskultatsiya. Bu
usular uchun stetoskop yoki fonendoskop qo’llaniladi.
O'pkada hosil bolgan shovqinlarini kasallik uchun xarakterli bo'lgan turli xil
xirillashlarni eshitib ko’riladi. Auskultatsiyadan foydalanib, oshqozonda va
ichakdagi to’lqinsimon qisqarishlardagi ortiqcha qo’zg’alishlarini va ona qornidagi
bolani yurak urishlarini aniqlash mumkin. Yurak ishi faolivatini diagnostika qilishda
fonokordiografiya (FKG) metodi qo’llanild. Bu usulning mazmuni yurak tonlari va
shovainlarini grafik ko’rinishida qayd gilish va ularni diagnostik analiz gilishdan
iborat.
Fonokordiograf
yordamida
fonokordiogrammani
yozib
olinadi.
Fonokardiagraf mikrofon, kuchayuirgich, chastotalanfiltrlaridan va qayd giluvchi
quilmadan iborat.
Xulosa
Tovushning asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug’lik kabi axborot manbai
xisoblanadi. Demak, tovush odam ichki organlaming holati to'g'risida ma’lumot
beruvchi manba ham bo’lishi mumkin.
Bizlar bu mavzuni o’rganar ekanmiz “O’zi tovushni nega o’lchash kerak?”
degan savol tug’iladi. O’z navbatida tovush ham tibbiyotda o’z o’rniga ega. Odam
qulog’i orqali tashqi muhitdan tovush signallarini qabul qilar ekan tashqi muhit bilan
bevosita aloqada bo’ladi. Ba’zi bir insonlar qulog’i xastaligi sababli ovozlarni
eshitmasligi mumkin. Bu kabi holatlar afsuski juda ko’p uchraydi. Shifokorlarni
vazifasi esa bemorlarni davolashdan iborat. Buning uchun albatta biofizikadan olgan
bilimlardan foydalanishi zarur. Tovushni o’lchash orqali bemorni umumiy ahvoli
haqida ma’lumot to’playmiz va tashxis qo’yiladi. Tashxis natijalariga qarab
davolash chora tadbirlari qo’llaniladi. Agarda shifokor o’lchash ishlarida xatolikka
yo’l qo’ysa davolash ishlari xato amalga oshiriladi. Bu esa bemor ahvolini yanada
og’irlashtirishi mumkin. Shuning uchun bu mavzuni yaxshi o’rganishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |