52
narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Investitsiya risklarini analitik usul bilan
baholashda risklarni baholash usullarini tarkibiy qismlarga ajratiladi.
Lekin
ushbu usul yordamidagina ularni to’la bilish mumkin emas, binobarin uni sintez
bilan to’ldirish zarur. Sintetik usul analitik usul natijalariga tayangan holda
baholash usullarini bir butun qilib birlashtiradi;
– investitsiya risklarini baholashning analitik va sintetik usullari o’zaro
bog’liq bo’lib, analitik usulsiz, faqat sintetik usul bilan investitsiya risklarini
yaxlit tahlil qilish imkonini bermaydi. Ayni vaqtda sintez vositasida
yakunlanmagan analiz ham etarli emas;
– investitsiya risklarini sintetik usulda baholashning mohiyati shundaki,
sintez oddiyroq usullardan murakkab usullarga qarab borishni,
tahlil qilishni
anglatadi;
– investitsiya risklarini analitik va sintetik usullari, o’z tarkibiga, loyiha
sezgirligi usuli, zararsizlik nuqtasi usuli, “Monte-karlo” usuli, stsenariylar usuli,
“Qarorlar daraxti” usuli kabilarni qamrab oladi. Biroq tahlil ishlarida bu usullar
bir-birini to’ldiruvchi vazifasini o’taydi va tahlil uslubiyoti jihatidan bir-biridan
farqlanadi;
– investitsiya loyihalarini amalga oshirish o’ziga xos bilim va malakani
talab etar ekan, o’z navbatida, loyihaga doir risklardan va ularga tegishli barcha
ma’lumotlardan xabardor bo’lish loyihaning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Bu kabi ma’lumotlarga ega bo’lmaslik esa turli salbiy oqibatlarga, hatto loyihani
barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Investitsion loyihalardagi risklarning
mazmun va mohiyati,
uning turlarini bilgan holda, undan kutiladigan
yo’qotishlarni kamaytrish chora-tadbirlarini qo’llash va shu yo’l bilan riskning
loyiha samaradorligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin;
– investitsiya loyihasini amalga oshirishda ma’lum darajada yo’qotishlar
mavjud. Bu yo’qotishlar quyidagi holatlarga bog’liq bo’ladi: javobgarlikni xis
qilmaslik, tartibsizlik, nopoklik; investitsiya faoliyatini yuritishda etarli darajada
bilim va malakaga ega bo’lmaslik; bozor kon’yunkturasining o’zgarishi;
53
kutilmagan darajada soliq og’irligining oshishi; to’lov qobiliyatining pasayishi
va g’irrom raqobatning amalga oshishi ham sabab bo’ladi;
– investitsiya faoliyati riskining oldini olish uchun doimiy ravishda
o’zining ishlab chiqarish yoki aholiga xizmat ko’rsatish jarayonlariga
investitsiya mablag’larini jalb etish asosida ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatishning innovatsion yo’nalishlari talab va taklif
asosida takomillashtirib
borilishi zarur;
– risklarni kamaytirishning asosiy yo’llari quyidagilardan iborat: xo’jalik
faoliyati bo’yicha ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash zarur; moliyaviy
xarajatlarni me’yorlashtirish; risklarni sug’urtalash; kapital qo’yilmalarini
diversifikatsiyalash va faoliyat turini kengaytirish; risklarni iqtisodiy va huquqiy
boshqarishning samarali tizimini yaratish va boshqalar.
Investitsiya
loyihalarida
risklarni
baholash
va
boshqarishni
takomillashtirishda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir:
1.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qabul qilishdan avval
baholash jarayonida loyihaga ta’sir ko’rsatuvchi turli xil bozorlarga xos
omillarni analitik va sintetik usullar asosida mukammal darajada o’rganish va
tadqiq qilishga e’tiborni kuchaytirish va uni takomillashtirib borish lozim.
2.
Analitik va sintetik usullar asosida loyiha tahlilida sotish riski,
marketing riski, tovar bahosining o’zgarish riski kabilarga alohida yondashuv
amalga oshirilishi lozim.
3.
Loyiha risklarini pasaytirish maqsadida
investitsiya loyihalarini
ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat
banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
Jumladan:
-
loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini
ekspertizadan o’tkazish jarayonini kuchaytirish, ya’ni loyihalarning moliyaviy,
iqtisodiy, samaradorligini aniqlash, ekologik va ijtimoiy tahlil qilish, ekspertiza
o’tkazuvchi muassasalar mas’uliyatini kuchaytirish;
54
-
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish bo’yicha tijorat
banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash, xususan,
bu borada jahon
tajribasidan unumli foydalanish, maxsus xizmatlarni tashkil etish uchun
malakali kadrlar bilan ta’minlash va boshq.;
-
loyiha
risklarini
pasaytirish
maqsadida
investitsiya
loyihalari
ekspertizasi bilan bog’liq qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada
takomillashtirish va mustahkamlash, yangi qonunlar qabul qilish, tegishli qonun
hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
4. Analitik va sintetik usullar tahlilida qo’llaniladigan hisoblash usullarida
inflyatsiya darajasi, soliq va majburiy to’lovlar miqdorining o’zgarishi, valyuta
kursi o’zgarishi, mahsulot bahosining o’zgarishi kabi omillar e’tiborga olinishi
lozim. Buning natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlar
bahosini aniqlash,
mumkin bo’lgan yo’qotishlar variantlarini solishtirish va baholash, mumkin
bo’lgan yo’qotishlarni bartaraf etish bo’yicha korxona imkoniyatlarini baholash,
mumkin bo’lgan yo’qotishlar bahosini korxona resurslari va imkoniyatlari bilan
hamda qabul qilinadigan qarorlar natijalari bilan qiyoslash imkonini beradi.
5. Investitsiya risklarni sug’urtalash amaliyotini takomillashtirish
maqsadida loyiha tashabbuskorlari riskini sug’urtalovchi davlat sug’urta
kompaniyalarining ustav kapitalini davlat mablag’lari hisobidan oshirish va
ushbu mablag’larni sug’urta qoplash summalari sifatida maqsadli ishlatilishini
ta’minlash zarur.