1-rasm. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan
ajratilgan investitsion kreditlar dinamikasi, mlrd. so’mda
5
Xullas, samarali investitsiya loyihalarini o’zlashtirish orqali rivojlangan
bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga
muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va
ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat
hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining
oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini
oshirishga xizmat qiladi.
Jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining
O’zbekistonda investitsion
faoliyatga ta’siri va uning oqibatlarini oldini olish bo’yicha Prezidentimiz
ko’rsatmalari asosida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida
quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi va ushbu vazifalarning amalga
oshirilishi inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Jumladan,
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni
yanada jadallashtirish, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan
hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi
bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-
5
http://cbu.uz. sayti ma’lumotlari.
1500,0
2400,0
3250,0
4400,0
5760,0
7214,0
8547,0
10200,0
0,0
2000,0
4000,0
6000,0
8000,0
10000,0
12000,0
2008 yil
2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil
12
tadbirlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan,
xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha
turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilish muddatini uzaytirish, qat’iy tejamkorlik
tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini
kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini
oshirish, jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda
talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-
quvvatlash va h.k.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rivojlantiradi;
- import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning
uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va
pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini
yaratadi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta’minlaydi;
- korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik
bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
- tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga
ko’maklashadi va h.k.
Xulosa qiladigan bo’lsak, birinchidan, iqtisodiyotni rivojlantirishda
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash investitsiya faoliyati
yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora
qulaylashtirib borishni talab etadi, ikkinchidan, investitsiya faoliyatining
samaradorligini oshirish uchun yuritilayotgan investitsiya siyosatining
ustuvorligini ta’minlashda belgilangan investitsiya siyosati tamoyillarining
13
to’laqonli bajarilishiga erishish zarur, bu esa investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning iqtisodiyotdagi ahamiyatini ta’minlashning barcha jihatlari
samarasining yuzaga chiqishiga ko’maklashadi, uchinchidan, chet el
investitsiyalarini jalb etish shakllaridan samarali foydalangan holda ularni
iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash
bilan O’zbekistonning porloq kelajagini ta’minlash va uning jahon iqtisodiy
aloqalari tizimidagi o’rnini oshirishga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: |