10
iqtisodiyotning
real
sektoriga
ajratilayotgan
kreditlar
bo’yicha foiz
stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda tijorat banklarining
kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,5 foizdan 9,5
foizgacha pasaydi.
Tijorat banklarining kapitali va depozit mablag’larining yuqori sur’atlarda
o’sishi, o’z navbatida, ularning iqtisodiyot real sektorini moliyaviy qo’llab-
quvvatlashdagi
rolining yanada kengayishiga, aktivlar va kredit qo’yilmalari
hajmining sezilarli darajada ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
So’nggi 5 yil davomida tijorat banklarining jami aktivlari
3,1 barobarga, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari
umumiy qiymati esa 3,7 barobarga ko’paydi
va bu holat bank tizimining
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishdagi rolining tobora oshib borayotganligini
ko’rsatmoqda. Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari 2015 yilda 2014 yilga
nisbatan 25,1 foizdan ziyodga o’sib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 65,2
trln. so’mni tashkil etdi. Shu jumladan, tijorat banklari kredit qo’yilmalarining
umumiy hajmi 2015 yilda 27,3 foizga oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga 42,7
trln. so’mni tashkil etdi
4
.
2015 yilda banklarning investitsiya jarayonlaridagi
ishtiroki yanada
faollashdi. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor
ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish,
zamonaviy
infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o’rinlari
tashkil etishga qaratilgan
dasturlar
doirasidagi
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirishga
yo’naltirilmoqda.
2015 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 10,2 trln.
so’m yoki 2014 yildagiga nisbatan 1,2 barobar ko’p
investitsion kreditlar
ajratildi (1-rasm).
4
http://cbu.uz. sayti ma’lumotlari.