qat’iy nazoratga olinsin
.
4. Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish ta’sirini
baholash va
huquqiy axborot boshqarmasi (F.Tojiyev) Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
(S.Urinbayeva), “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda adliya organlari
va muassasalari rahbarlari bilan birgalikda Konstitutsiya
va Farmonning mazmun-
mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini amalga
oshirish choralarini ko‘rsin.
5. Inson resurslari boshqarmasi (Sh.Kuchkarov)
Qonunchilik hujjatlarini
tahlil qilish, tartibga solish ta’sirini baholash va huquqiy axborot boshqarmasi
(F.Tojiyev) vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari,
adliya organlari va
muassasalari rahbarlari bilan birgalikda
15 kunlik muddatda
Konstitutsiyaning
har bir moddasini barcha xodimlar e’tiboriga to‘liq yetkazilishini va batafsil
tushuntirilishini ta’minlasin.
6. Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi (A.Ro‘ziyev):
Farmon va mazkur buyruqda belgilangan vazifa va tadbirlar ijrosi yuzasidan
tizimli ravishda monitoring yuritsin va natijasi bo‘yicha
adliya vaziriga axborot
berib borsin;
Farmonning to‘liq matni va mazkur buyruqni barcha tarkibiy bo‘linmalarga
yetkazsin.
7. Farmonda hamda mazkur buyruqda yuklatilgan vazifa va tadbirlar ijrosini
samarali tashkil qilishga hamda o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashga tegishli vazir
o‘rinbosarlari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari mas‘ul
va shaxsiy javobgar
etib belgilansin.
8. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.