18
S
X ‘
Ota esa yurishdan to‘xtamay:
– O‘g‘lim, seni ko‘tarolmayman, chunki men
ham charchadim, – deb javob beribdi.
Bola bu gapdan xafa bo‘lib, yig‘lay boshlabdi.
Ota jimgina to‘xtabdi. Yonidagi qurigan daraxt-
ning bir shoxini kesib, pichoq bilan tekislabdi-da,
uni o‘g‘liga uza bdi:
– Ol, o‘g‘lim, mana senga chiroyli uchqur ot.
Bolaning quvonchdan ko‘zlari chaqnabdi.
Xursandchiligi ichiga sig‘may, chaqqonlik bilan
«ot»ga minib, «Chuh, tulporim, chuh», deb yugu-
ra boshlabdi.
Ota bu voqeani ajablanib kuzatayotgan qiza-
log‘ining boshini silagancha, shunday debdi:
– Hayot shunaqa, qizim. Ba’zan juda charcha-
ganingda, yashashga, seni harakatga unday-
digan boshqa vositalar qidirasan...
Siz o‘z orzularingizni kengay ring va unga doim
ishoning. Chunki, haqiqiy ishonch bu – ko‘rinma-
ganiga, mavhum narsaga ishonishdir. Agarda siz
ko‘rinmaganiga ishonsangiz, hayotda boshqalar-
ga ma’lum bo‘lmagan ko‘p narsalarni ko‘rasiz.
20
S
X ‘
YASHASHDAN MAQSADINGIZ
Eng muhimi – hayo ngizdagi yillar
emas, shu yillar ichida o‘tgan hayotdir.
Avraam Linkoln
G‘arb davlatlarida insonlarning o‘z
joniga
qasd qilish holatlari ko‘p uchraydi. Bu masala
bo‘yicha izlanish olib borgan tadqiqotchilarning
ta’kidlashi cha, o‘z joniga qasd qilganlarning de-
yarli hammasi moddiy sharoi yaxshi, daromadi
yuqori, ta’lim saviyasi yuksak insonlar ekan. O‘z
joniga qasd qilganlarning
barchasida bir sabab
ustun, ya’ni ular hayotdagi maqsadlarini yo‘qo -
shi oqiba da o‘limni maqbul chora sifa da tan-
lashgan.
Bizning oramizda ham o‘z oldiga yashash
uchun aniq maqsad qo‘ya olmaganlar ko‘p. Ha-
yo mizdagi asosiy muammolarning sababi ham
balki shundandir. Chunki aynan maqsad yashash
uchun kuch beradi.
Oldinga in lishimizda dalda
bo‘ladi. Yiqilganimizda qo‘limizdan tutadi.
21
Q
Bir kuni o‘rmondagi hasharotlar yelkasiga sa-
far tugunchasini osib yo‘lda ketayotgan chumoli-
ni ko‘rib qolishibdi. Undan so‘rashibdi:
– Yo‘l bo‘lsin chumolivoy, qayerga ketyapsan?
– Makkaga ketyapman, Haj qilmoqchiman, –
deb javob beribdi chumoli.
Buni eshitgan hasharot-u hayvonlar qah-qah
o b kulib, shunday debdi:
– Ha, o‘zing kichkinagina bo‘lsang, yo‘l esa
uzoq. Suvsizlikdan, ochlikdan o‘lib ketasan-ku.
Chumoli esa pinagini buzmay, yo‘lida davom
etarkan, qat’iy ravishda:
– Alba a ye b boraman, mabodo o‘lsam ham
shu yo‘lda o‘lgan bo‘laman, – debdi.
Yashashdan maqsad shuki, uni belgilaysiz va
to oxirgi nafasingizgacha shu maqsad yo‘lida
qat’iy davom etasiz. «Yashashdan maqsad qan-
day bo‘lishi kerak?» deb o‘ylovchilar ko‘p. Aslida,
hech kim sizga hayotdagi maqsadingizni belgilab
berolmaydi. Boisi, har kimning maqsadi turlicha
va har kim o‘ziga xos va o‘ziga mos qilib belgilashi
kerak. Asosiysi, sizda ezguliklar va yaxshiliklar bi-
lan sug‘orilgan yashash maqsadi bo‘lsin.
Bunday maqsad
sizni va hayo ngizni qadrli
qiladi, ko‘zlaringiz porlab turadi. Ana shunda
umringiz mazmunli bo‘ladi. Ko‘plab insonlarning
o‘zini baxtsiz his qilishi sababi ham aynan yashash
22
S
X ‘
maqsadining yo‘qligida! Xohlasangiz, ko‘chaga
chiqib, odamlarga nazar tashlang. Ko‘zlari uch-
qunday yonib turuvchi insonlarni uchratarmikin-
siz?
Dostları ilə paylaş: