To`g`ridan to`g`ri saralash algoritm va dasturlash04
turlari Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket
bajariladigan
jarayonlarga
aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq
bajariladigan
ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron
parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz
beradigan
jarayonlarga
aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan
ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur
shaklida
ifodalash
va
boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli
bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z
shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni
kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini;
romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa
bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega
bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz.
Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va
boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma
ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida
bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik
xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib
chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq.
Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
1. non bo‘lagini kesib olish;
2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir
bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.