mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda.
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida
hozirgi kunda barcha o‘quvchilar va talabalar zamonaviy
kompyuterlardan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shu bois ham, "Informatika va
axborot
texnologiyalari" fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan kompyuter
savodxonligi
borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta‘lim
konsepsiyasiga
asoslanadi.
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘qituvchi va
talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini
yetkazish alohida
ahamiyatga
ega.
Uslubiy qo‘llanma informatika fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, u algoritm tushunchasi,
unig xossalari,berilish usullari, turlari va
qo‘llanilish o‘rni, matematik masalalarni yechish algoritmlarini tuzish
yuzasidan
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha
nazariy va amaliy
bilimlarni o‘z
ichiga olgan.
Uslubiy qo‘llanma 2 ta paragrafdan iborat bo‘lib, u algoritm va
algoritmlash
jarayoni to‘g‘risida umumiy ma‘lumotlar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil
ishlash
uchun masalalar, takrorlash uchun savollar, nazorat uchun test savollari
va
foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.
Uslubiy qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari ―
Informatika va hisoblash
texnikasi asoslar‖ fanidan algoritm va algoritmlash jarayoniga doir
mavzularni
o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari uslubiy qo‘llanmadan sanoq sistemalarini o‘rganishga
qiziqqan
barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji
o‘quvchilari, oliy
o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: