“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
44
44
Malumki, о‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida milliy xо‘jalik tizimini
takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuviga
erishish maqsadida mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj baland.
Bir vaqtning о‘zida, mazkur guruhga kiruvchi aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga
erishishda ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq о‘xshash muammolarga
duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahon kapital bozoriga chuqur integratsiyalashuv ushbu
mamlakatlar uchun iqtisodiyotni isloh qilish va о‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy
tizimni barqarorlashtirish hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi
masalalarni hal qilishda investitsiyalarni keng jalb qilish orqali jahon moliya bozorlari
afzalliklaridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Investitsiya jalb qilish natijasida iqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirish kapitalning qaysi
shaklda kirib kelishiga kо‘p jihatdan bog‘liqdir
. Masalaga shu nuqtai nazardan
yondoshilganda, odatda bevosita xorijiy investitsiyalarning yuqori darajadagi afzalliklarga ega
ekanligi e’tirof etiladi. Bevosita xorijiy investitsiyalar kо‘rinishidagi xalqaro kapital
harakatida ishtirok etish ustuvorligini belgilovchi omillardan biri - bu transmilliy
kompaniyalarning intellektual mulki bо‘lmish ilg‘or texnologiyalarning jahon bozorida
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sotilmasligi bо‘lib, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bunday imkoniyatga
faqatgina bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqaligina ega bо‘lishlari mumkin. Bu
jihatdan bevosita xorijiy investitsiyalarning о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun afzal
xususiyatlari:
hamkor transmilliy kompaniyalarning mavqei,
ularning xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqasi,
tayyor mahsulot sotuv kanallari,
jahon bozori doirasida marketing tadqiqotlari,
boshqaruv malakasi va ishlab chiqarish sirlari,
kadrlar tayyorlash dasturlaridan iborat.
Bu va boshqa omillardan oqilona foydalanish milliy iqtisodiyot samaradorligi va
raqobatbardoshligi darajasining oshishiga olib kelmoqda.
Mamlakatda xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishi erkin raqobat muhitini yaratish orqali:
Dostları ilə paylaş: