“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
54
54
kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi,
milliy
iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda
kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-
bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar
bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib
borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi
integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham
qulay sharoitlar yaratib
bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida
xalqaro malaka oshirish,
qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy
iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda.
Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes
yuritish tamoyillarini
qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik
tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar.
Oxirgi ellik yil davomida bir necha
rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish,
kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan
ilmiy-texnikaviy inqilob
global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining
paydo bо‘lishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: