100
1.3.1.
Tashqi qurilmalar va funksional xarakteristikalari
Tashqi qurilmalar
. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash
majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90%
ini tashkil etishi mumkin.
Shaxsiy
kompyuterning
tashqi
qurilmalari
atrof-muhit
hamda
foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar
bilan muloqotini
ta‘minlaydi.
Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi;
foydalanuvchining muloqot vositalari;
axborotni kiritish qurilmalari;
axborotni chiqarish qurilmalari;
telekommunikatsiya va aloqa vositalari.
Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy
kompyuterga
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan
qurilma;
nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan
vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan aytilayotgan so‗z
va harflarni tanishga imkon beruvchi va ularni identifikatsiyalovchi va
kodlashtiruvchi
murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli
sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari
yoki dinamik orqali hosil
qilingan so‗zlar va harflarni raqamli kodlarga o‗zgatirishni amalga oshiruvchi
tovush sintezatorlari.
Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiritiladi:
klaviatura-shaxsiy kompyuterni boshqarish, matinli
va sonli axborotlarni
kiritish uchun xizmat qiluvchi qurilma;