Shu bilan birga о„zgalar tomonidan tо„plangan tarjimai hol haqidagi materiallar:
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar,
audio ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filümlar,
taqrizlar о„rganilayotgan shaxs haqida tо„la tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma‟lumotlari inson psixikasidagi о„zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va
tajriba metodlari
bilan о„rganib bо„lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi.
Biografik ma‟lumotlar odamlarning о„zini о„zi tarbiyalashi,
nazorat qilishi, idora etishi,
о„zining uslubini yaratishi, kamolot chо„qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini utaydi.
8.
Sotsiometrik metod.
Bu metod kichik guruh a‟zolari о„rtasidagi bevosita emotsional
munosabatlarni о„rganish va ularning darajasini о„lchashda qо„llaniladi.
Unga amerikalik
sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir
a‟zoning о„zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi
sо„raladi. Tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi
shaxslararo munosabatni о„lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar
beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a‟zolarining о„zaro
tanlash jarayoni
vujudga keltiriladi. О„quv maskanlarining о„quvchilar guruhi, tashkilotlardagi mehnat jamolari
va turli muassasalarning xodimlari о„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari,
dinamikasi,
shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida о„rganiladi. Umuman olganda,
sotsiometriya metodidan turli yoshdagi,
ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi
psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: