Tajribada qо„llaniladigan metodlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1.
Kuzatish metodi.
Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi xayot va
sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyada bu metodning obyektiv (tashki)
va subyektiv (о„zini-о„zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi о„zgarishlarni kuzatish
uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
a) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatiladigan obyekt tanlanadi;
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma‟lumotlar tо„planadi;
g) tadqiqot о„tkazish vaqti rejalashtiriladi;
d) kuzatish qancha davom etishi qat‟iylashtiriladi;
ye) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (о„yin, о„qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi
tavsiya etiladi;
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi,
magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg„ulari, nerv sistemasining tashqi
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va hokazolari
о„rganiladi. Ammo, о„ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur,
mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
2.
Dostları ilə paylaş: