Международный
научный
журнал
№
5 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
241
YER OSTI INSHOOTLARINI SEYSMIK TURG‘UNLIK, TEXNIK DIAGNOSTIKA,
REKONSTRUKSIYA VA TIKLASHGA BAG‘ISHLANGAN ADABIYOTLARNI KO‘RIB CHIQISH
Qo‘chqorov Isroiljon Tavakkal o‘g‘li
Andijon mashinasozlik isntituti asissenti
Andijon, O‘zbekiston
Mahammadjonov Nurmahammad Abduvahob o‘g‘li
Andijon mashinasozlik isntituti asissenti
Andijon, O‘zbekiston.
G‘anijonov Muhammad Aziz G‘ayratjon o‘g‘li
Andijon mashinasozlik isntituti talabasi
Yer osti inshootlarini zilzilabardoshlikka hisoblash
uslubi ishlarda taklif etilgan, bu
ishlarda seysmik kuch inshootlar massasini gruntning tezlanishiga ko‘paytmasi sifatida
aniqlanadi.[1] Mazkur yo‘nalish rivojlanishining keyingi bosqichi – yer osti inshootlari
statistik nazariyasini
yaratishdan iborat, bunda atrof muhit va yer osti inshootlari
deformatsiyalarining tengligi – inshootlar hamda atrof muhit xususiyatlarini bir xilligi
faqatgina inshootlar va atrof muhit xususiyatlarining o‘xshashligida chin bo‘lishi
mumkin
bo‘ladigan inshootlarni gruntda qattiq siqilishi haqidagi tahmini qabul qilinadi.[2]
Akademik Rashidov T.R. ilk bor o‘zining ishida keyinchalik “Yer osti inshootlarning
seysmodinamik
nazariyasi”
deb
nomlangan
murakkab
yer
osti
tizimlari
zilzilabardoshligining dinamik nazariyasini ishlab chiqqan; ishlarida kuchli zilzilalar ta’siri
natijasida yer osti inshootlarini shikastlanishi va buzilishlari haqida ma’lumotlar tahlili va bu
haqida nazariy jihatdan umumlashtirilgan ma’lumotlar keltirilgan edi.[4]
Yer osti
inshootlarining barcha elementlari atrofdagi grunt bilan kontaktda bo‘lgan ramalar tipidagi
konstruksiyalar deb faraz qilindi.[5] Elementlarning tugunli tutashmalar gabaritlari
kattalashtirilgan va ularga turli burchaklar ostida turli xil kesimdagi chiziqli elementlari
ulangan edi.[6] Grunt bilan inshootning birgalikda deformatsiyalanishini
eng maqbul
sxemasi qabul qilindi;[7] seysmik to‘lqinning fazoviy bir jinsliligi,
shuningdek inshootning
barcha elementlarini nisbiy siljishlari hisobga olindi.[26] Inshootning barcha chiziqli
elementlari brus sxemasiga ko‘ra deformatsiyalanadi,[3] uzellarining
hammasi esa oltita
erkinlik darajasiga ega mutlaq qattiq jismlardir.*8+ Chiziqli elementlarini o‘zaro elastik
tutashuvi imkoniyati hisobga olinadi. O‘ta soddalashtirilgan ushbu sxema mukammal
amaliy nazariyani yaratilishiga olib keldi.[9]
Monografiya
chop etilgan vaqtdan boshlab, turli xil sharoitlarda yer osti
quvuro‘tkazgichlarni grunt bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish maqsadida bir qator laboratoriya
va eksperimental tadqiqodlar amalga oshirilgan edi.[10] Ushbu tadqiqodlar natijalari turli
xil ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etilgan.*11+ Xojmetov G.X. o‘zining ishida turli xil
sharoitlarda yer osti quvuro‘tkazgichlarni grunt bilan hamda o‘zaro ta’sirini
tavsiflovchi
parametrlarni aniqlab bergan.[12]