SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali
25
BIOLOGIYA DARSLARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
USULLARI
Halimova Maftuna Qiyomovna
Buxoro viloyat G'ijduvon tuman
14- o'rta ta'lim maktabi biologiya fani òqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada biologiya o’quv dasturda belgilangan tayanch
kompetensiyalarni biologiya darslarida shakllantirishdagi o’qituvchi va o’quvchi bilan
bo’g’liq muammolar va ularni yechimiga oid tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
Kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompenetsiya, kammunikativ
kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish
kompetensiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol
fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik,
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta‟lim – o„quvchilarda
egallangan
bilim, ko„nikma va malakalarini o„z shaxsiy, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida
amaliy qo„llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo„naltirilgan ta‟limdir.
O‟quvchilar kelgusida hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy,
iqtisodiy va kasbiy
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o„z o„rnini egallashi,
mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o„z sohasi, kasbi bo„yicha
raqobatbardosh bo„lishi uchun zarur bo„lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo„lishi
lozim. Ta‟lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyali yondoshuv o„qitish maqsadlariga
erishish uchun ta‟lim mazmunini boyitish o„quv jarayonini innovatsion texnologiyalar
asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon
beradigan umumiy prinsiplar
yig‟indisi sanaladi.Kompetensiya tarkib toptirish usullari va shaxs hayotidagi
ahamiyatiga ko„ra darajalarga ajratiladi. O‟quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga
zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar
tayanch kompetensiya, faqat biologiya o„quv
fani orqali tarkib toptiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar
deyiladi.Biologiya fanidan o„quvchining kompetensiyasi – biologiya fani bo„yicha
egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va
nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo„lay olish qobiliyatidir.
Biologiya o„qituvchisi o„quvchilarda yuqorida qayd etilgan tayanch kompetensiyalarni
tarkib toptirish maqsadida o„quv fani mazmunini tahlil, etishi, o„qitishning
barcha
shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari
mashg‟ulotlarda olib boriladigan ishlarni tizim va bir-biriga
uzviy ravishda amalga
oshirishni loyihalashi lozim. Quyida biologiyani o„qitishda o„quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni tarkib toptirish imkoniyatlari yuzasidan fikr yuritiladi.Biologiya
o„qituvchisi kommunikativ kompetensiyani tarkib toptirishni nazarda tutgan holda