Reja: Raqamlashtirish o’sish va samaradorlik omili



Yüklə 80,93 Kb.
səhifə1/7
tarix17.09.2023
ölçüsü80,93 Kb.
#144784
  1   2   3   4   5   6   7

RAQAMLI SERVISLAR

Reja:

  1. Raqamlashtirish o’sish va samaradorlik omili


  2. U davlat kompaniyalariga nima uchun kerak?

  3. Raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni

  4. Bu borada O’zbekiston va jahon darajasi

  5. Davlat ishtirokidagi kompaniyalar mazkur jarayonda qanday muammolarga duch kelmoqda?



Raqamlashtirish: o’sish va samaradorlik omili



Joriy yilning 22 sentyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev «raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo’q» deb ta’kidlagandi.
Darhaqiqat, bugungi davrni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etish mushkul. Zero, u kundalik zarur ehtiyojimizga, har bir tarmoqning rivojlanish mezoniga aylanmoqda.
“Expera-Suntronix” kompaniyalari xalqaro alyansi texnik direktori Odil ABDULLAEV bizga shular, xususan, raqamlashtirish qanday qilib davlat korxonalari samaradorligini oshirishga yordam berishi haqida so’zlab berdi.
U davlat kompaniyalariga nima uchun kerak?
Qonunchilikda «davlat kompaniyasi» degan atama mavjud emas. Amaliyotda ushbu so’z birikmasi bilan davlat unitar korxonalari ham, davlat ulushi bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlari ham ifodalanadi. SHu bois fikrimizni aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati misolida boshlasak.
Aytish joizki, raqamli transformatsiya ko’plab imkoniyatlarni ochib beradi. Birinchidan, tushum o’sadi. Bu biznes, mahsulot va xizmatlarning yangi yo’nalishlarini ishga tushirish hisobiga yuz beradi. Masalan, telekommunikatsiyalar sohasida bu musiqa va video strimingi (oqimli onlayn eshittirish) uchun raqamli servislar yoki aqlli uy uchun bulutli platformalar bo’lishi mumkin.
Ikkinchi ijobiy samara operatsion xarajatlarning pasayishi va jarayonlar samaradorligi oshishida namoyon bo’ladi. Buxgalteriya, soliq va kadrlar hisobini yuritishni avtomatlashtirish axborotning katta hajmini tez va sifatli boshqarish imkonini beradi. Ma’lumotlarni “Big Data” usuli bilan qayta ishlash maqsadli mijozlarni muayyan mezonlar bo’yicha o’ta aniqlik bilan ajratib olish (targetlash) imkoniyatlarini ochib beradi. Bu esa marketing tadbirlarining muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga, boshqaruv qarorlarining sifati ham oshadi. Rahbar endi mas’ul bo’limlar to’playdigan hisobotlarga bog’liq bo’lib qolmaydi, balki tizimni ochishi va umumiy ma’lumotlardan aniq ko’rsatkichlarga o’tishi, olingan natijalarni esa darhol oldingi davr natijalari bilan solishtirishi mumkin bo’ladi. Jarayonlarni avtomatlashtirish tufayli prognoz modellari ancha aniq bo’lib boradi.
Bundan tashqari, ma’lumotlarning tartibga solinganligi va shaffofligi tufayli korxonaning xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlari oshib, xalqaro loyihalarda ishtirok etish uchun sharoit yaratiladi.

Yüklə 80,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin