Reja: Raqamlashtirish o’sish va samaradorlik omili


Kelgusi besh yillikdagi muhim vazifa



Yüklə 80,93 Kb.
səhifə5/7
tarix17.09.2023
ölçüsü80,93 Kb.
#144784
1   2   3   4   5   6   7
Kelgusi besh yillikdagi muhim vazifa
Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o’sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “internet”, “veb-sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo’lga qo’yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. SHu bois raqamli iqtisodiyotga faol o’tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni, ayniqsa, korruptsiyani keskin kamaytiradi.SHu o’rinda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Bu o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste’mol qilish va boshqaruv jarayonlarining (insonlararo, mashinalararo, bulutlar va katta hajmdagi raqamlar (BIG DATA) orqali) raqamli texnologiyalar hamda internet yordamida ma’lumot almashinishni optimallashtirish orqali katta foyda ko’rishga qaratilgan faoliyatdir.SHu o’rinda alohida qayd etib o’tish kerakki, yangi bir uyg’onish davri — uchinchi Renessansga poydevor qo’yilayotganligi istiqbolimizning ulug’vorligini namoyon etadi. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkuldir.
Yusuf Xos Hojib o’zining asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!” deb ilm-ma’rifatning o’rni naqadar dolzarb va muhimligini ko’rsatib o’tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg’u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari kun tartibiga qo’yilishi O’zbekiston tanlagan yo’l faqat bir manzilga olib borishini, ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to’liq amal qiladigan jamiyat qurishning yangi bosqichiga o’tganimizni yaqqol ifoda etadi.O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha aniq miqdor ko’rsatkichlari ham belgilangan bo’lib, davriy jihatdan 2020 — 2023 yillarni qamrab oladi. Xususan, 2020-2021 yillarda barcha sog’liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirish, raqamli infratuzilmani to’liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash, 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni hamda 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko’paytirishni ko’zda tutadi.Amaliy sa’y-harakatlar samarasi uzoq kuttirib qo’ymadi. “Speedtest Global Index” 2020 yil iyun oyi natijalariga ko’ra, yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va internet tezligi bo’yicha reytingda O’zbekiston hozirgi kunda 94-pog’onani egallab turibdi, bir yil ichida 36 pog’onaga ko’tarilish kuzatildi. Umuman, oxirgi yilda O’zbekistonda simli internet tezligi 2,5 barobarga o’sdi.Taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishimiz uchun, eng avvalo, ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni chuqur egallash orqali yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish kerak.Negaki, biz geografik joylashuvimizga ko’ra quruqlik orqali yirik suv havzalaridagi portlarga chiqishimiz uchun kamida ikki davlat chegarasidan o’tishimizga to’g’ri keladi. Bu ham vaqt nuqtai nazaridan, ham iqtisodiy jihatdan jahon bozoridagi o’rnimizga salbiy jihatdan ta’sir qilishi bor gap. Buning yechimi aql-zakovat, yangi innovatsiyalar va malakali kadrlar salohiyatiga bevosita bog’liq.Yana bir muhim jihat — mamlakatimizda aholi eng ko’p to’qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og’irini yengil qilishga ustuvorlik qaratilyapti. Jumladan, sog’liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo’jaligi, ta’lim yo’nalishlarini raqamlashtirish bo’yicha amaliy jarayonlar boshlandi va tez orada o’zining ijobiy samaralarini beradi.Raqamli iqtisodiyot jamiyatda muayyan o’zgarishlarni yuzaga keltiradi, xususan, uning mehnat sharoitlariga ta’siri sezilarli bo’ladi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun’iy intellekt, ulkan ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan foydalanish ko’lamining ortishi mehnat resurslari uchun o’rinbosar bo’lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik sezilarli darajada ortadi.

Yüklə 80,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin