Reja: Raqamlashtirish o’sish va samaradorlik omili


Davlat ishtirokidagi kompaniyalar mazkur jarayonda qanday muammolarga duch kelmoqda?



Yüklə 80,93 Kb.
səhifə3/7
tarix17.09.2023
ölçüsü80,93 Kb.
#144784
1   2   3   4   5   6   7
Davlat ishtirokidagi kompaniyalar mazkur jarayonda qanday muammolarga duch kelmoqda?
Transformatsiya — juda murakkab jarayon. To’qson to’qqiz foiz holatda kompaniyalarda ishni nimadan boshlash kerakligi haqida tushuncha bo’lmaydi. “Expera-Suntronix” alyansi O’zbekistonda 20 yildan ko’proq vaqtdan beri kompleks axborot tizimlarini qurib kelmoqda va jarayonni tarkibiy qismlarga bo’lishi, loyihani amalga oshirish rejasini tuzishi, loyiha ofisini tashkil etishi mumkin. Lekin bu bilan xalqaro va mahalliy ekspertlarning butun bir jamoasi shug’ullanadi. Ana endi bugungi kungacha butkul boshqa vazifalarni bajarib yurgan korxona menejerini tasavvur qilib ko’ring. Albatta, u qo’yilgan vazifaga qanday yondashishni tushunmaydi.
Men transformatsiyalashni autsorsga — ushbu sohaning malakali mutaxassislariga ega bo’lgan boshqa tashkilotga berishni maslahat bergan bo’lar edim. CHunki mahalliy bozorda zaruriy bilimlarga ega bo’lgan oliy malakali kadrlarni topishning deyarli imkoni yo’q.
Ikkinchidan, yetkazib beruvchilar bilan ishlashda mablag’ni tejamaslikni, texnologiyalar tarmog’idagi jahon yetakchilari — “Oracle”, “IBM”, “SAP”larning yechimlaridan foydalanishni tavsiya etaman.
Axborot texnologiyalari qisqa muddatli mahsulotlar emas. Masalan, NKMK uchun bizning kompaniyamiz 10 yil rejalashtirishga mo’ljallangan dasturni tuzib berdi. Ko’rib turganingizdek, bir marta joriy etilgan tizimlardan uzoq vaqt mobaynida foydalanish mumkin. SHuning uchun ham boshidayoq sifatni tanlash muhim.


«Oldingi yil» usuli samarasiz
Korxonalar, birinchi navbatda, resurslarni rejalashtirish, jarayonlarni optimallashtirish, ma’lumotlar almashinish, boshqaruvning shaffofligi va hokazolar uchun javob beradigan ERP-tizimlarni joriy etish shaklidagi «bazaviy avtomatlashtirish»dan boshlashi zarur. «Oldingi yil» usuli bilan (rejalashtiriladigan raqamlar o’tgan davrdan shunchaki ko’chirib olinadigan) rejalashtirish va prognozlashtirish samarasizdir. Raqamli transformatsiya kompaniyaga to’g’ri va aniq stsenariylar tuzish uchun aniq vositalarni taqdim etadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bozorning ko’plab yirik va o’rta ishtirokchilari bu bosqichdan o’tib bo’ldilar va ular hozir yanada chuqurroq raqamlashtirish harakatidalar. Bu jihatdan O’zbekistondagi kompaniyalarga ancha oson va bir vaqtning o’zida qiyinroq bo’ladi. Ya’ni bir tarafdan ko’pchilikka ERPni endigina joriy etishga to’g’ri keladi, boshqa tarafdan ular boshqalarga nisbatan ancha ilg’or versiyalarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular 10-15 yil oldingi variantlarga nisbatan raqamli transformatsiyani kengaytirish va chuqurlashtirishga ko’proq to’g’ri keladi.

Yüklə 80,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin